1914 — 1918- YILLARDAGI BIRINCHI JAHON URUSHI
Birinchi jahon urushining boshlanishi va borishi
Birinchi jahon urushining bosh sababi ikki harbiy-siyosiy guruh o‘rtasida bo‘lingan dunyoni qayta bo‘lib olish uchun boshlan-
gan kurash edi. Dunyoning yetakchi davlatlari o‘z yovuz maq- sadlari yo‘lida ma’naviy tubanlikka ketib, boylik orttirish uchun
124
millionlab insonlarni qurbon qilishga bel bog‘ladilar. 1914-yilning 28-iyulida serbiyalik millatchi G. Prinsið tomonidan Sarayevoda Avstriya-Vengriya taxti vorisi Frans Ferdinand o‘ldirildi.
Avstriya-Vengriya hukumati Serbiyaga juda haqoratli talablar qo‘yilgan ultimatum yubordi. Serbiya hukumati ultimatumning faqat birgina talabiga, ya’ni suiqasd yuzasidan o‘tkaziladigan tergov ishlarini Avstriya-Vengriya davlat huquqiy idoralari olib borishiga rozilik bermagan. Bu esa Avstriya-Vengriyaning 28-iyulda Serbiyaga urush e’lon qilishiga bahona bo‘ldi. Serbiya ittifoqchisi Rossiya bunga javoban 29-iyul kuni qisman harbiy safarbarlik e’lon qildi.
Bundan Germaniya hukmron doiralari 1-avgustda Rossiyaga, 3-avgustda esa uning ittifoqchisi Fransiyaga urush e’lon qilish uchun bahona sifatida foydalandi. Ayni paytda, Germaniya Belgiyaning betaraflik maqomini buzib, bu davlatga hujum qildi. Belgiyaning betarafligi to‘g‘risidagi xalqaro hujjatni bir vaqtlar Prussiya ham imzolagan edi. Biroq, 1914-yilda Germaniya hukumati bu hujjatni surbetlik bilan „bir parcha qog‘oz“ deb atadi. Germaniyaning Belgiyaga hujumiga javoban Buyuk Britaniya Belgiyani himoya qilish bahonasi bilan 4- avgust kuni Germaniyaga urush e’lon qildi. Birinchi jahon urushi shu tarzda boshlanib ketdi. 15-avgust kuni Yaponiya Germaniyadan Xitoydagi mus- tamlaka hududlarini Yaponiyaga berish talabi bilan chiqdi. Rad javobini olgach, 23-avgustda Yaponiya Germaniyaga qarshi urush e’lon qildi. Germaniya 1914-yilning oktabr oyida Usmonli turklar imperiyasini, keyinchalik Bolgariyani o‘z tarafida turib urushda qatnashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Tez orada Kavkazorti, Suriya va Falastinda, Bolqon yarimorolida, shuningdek, Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalarida yangi frontlar vujudga keldi.
Yashin tezligida g‘alabaga erishishning barbod bo‘lishi
Germaniya qo‘shini generali fon Shliffen yashin tezligida g‘alabaga erishish rejasini tuzib chiqqan edi. Rejaga ko‘ra, Germaniya qo‘shini betaraf Belgiya hududi orqali
Fransiyaga hujum qilishi, Germaniya-Fransiya chegarasida to‘p- langan Fransiya armiyasini qurshab olib, uni kuzgacha tor-mor etishi va shu orqali Fransiyaning taslim bo‘lishiga erishishi kerak edi. So‘ngra, qisqa vaqt ichida Rossiyani ham tor-mor keltirish mo‘ljallangan edi.
3-avgustda shiddat bilan hujumga o‘tgan Germaniya qo‘shini yaqin bir oy ichida Parijga yaqinlashib qoldi. Fransiyaning taslim bo‘lishi muqarrardek edi. Hatto, hukumat vaqtincha bo‘lsa-da, Parijdan chiqib ketishga majbur bo‘ldi.
125
Biroq, Shliffen rejasi amalga oshmay qoldi. Bunga Fransiya hukumatining iltimosiga ko‘ra 17-avgust kuni Rossiyaning Germa- niya va Avstriya-Vengriyaga qarshi boshlangan hujumi sabab bo‘ldi.
G‘arbiy frontda Germaniya harbiy qudratining ma’lum dara- jada kuchsizlanishi Fransiyani saqlab qoldi. Nafaqat saqlab qoldi, bu hol Fransiyaga kuch to‘plab qarshi hujumga o‘tishiga imkon yaratdi. Germaniya rus qo‘shinini Sharqiy Prussiyadan siqib chiqarsa-da, rus qo‘shini Avstriya-Vengriyaga qarshi hujumini davom ettirdi.
Marna daryosi bo‘yida Fransiya va Buyuk Britaniyaning bir- lashgan qo‘shini 1914-yilning sentabrida Germaniya qo‘shiniga qarshi hujumga o‘tdi. Marna jangida har ikki tomondan 2 mln. ga yaqin jangchi qatnashdi. Bu jangda Buyuk Britaniya va Fransiya qo‘shinining qo‘li baland keldi.
Og‘ir ahvolga tushib qolgan nemis qo‘mondonligi 9- sentabrda butun G‘arbiy front bo‘ylab chekinishga majbur bo‘ldi.
Marna jangida erishilgan g‘alaba tufayli, Germaniyaning yashin tezligida g‘alaba qozonish rejasi barbod bo‘ldi.
Turkiyaning urushga kirishi
Turkiya hukmron doiralarining aksariyati Germaniya tarafida turib urushda qatna- shishni maqsadga muvofiq deb hisoblardi.
Chunki, ularning fikricha, Turkiyaning o‘zi bosib olishi mo‘l- jallagan yerlari yo Rossiya qo‘l ostida, yoki Buyuk Britaniya qo‘l ostida edi.
Ana shu bosqinchilik niyatini amalga oshirish ilinji Turkiyani 1914-yilning 2-avgustida yashirin sharoitda Germaniya bilan ittifoq shartnomasini imzolashga olib keldi.
11-oktabr kuni Germaniya Turkiyaga katta miqdorda qarz tak- lif etdi. Turkiyadan shu qarzni olgan zahotiyoq urushga kirishga va’da oldi. Germanparast, harbiy vazir va bosh qo‘mondon Anvar poshsho 29-oktabr kuni Turkiya flotiga nemis admirali Sushan qo‘mondonligida Qora dengizga chiqishga va Rossiyaning hudud- larini o‘qqa tutishga buyruq berdi.
2-noyabr kuni Rossiya Turkiya hujumiga javoban unga urush e’lon qildi. Urush harakatlari uzunligi 350 km bo‘lgan Kavkaz frontini vujudga keltirdi. 5—6-noyabr kunlari Buyuk Britaniya va Fransiya ham Turkiyaga urush e’lon qildilar.
1915-yilning 19-yanvarida Antanta harbiy dengiz kuchlari Turkiyaga qarshi Dardanell bo‘g‘ozida harbiy operatsiyalarni boshlab yubordi. Germaniya mumkin bo‘lgan barcha imkoniyat- lardan foydalanib, Turkiyaga yordam ko‘rsatdi.
126
Natijada, Buyuk Britaniya harbiy dengiz flotiga katta talafot yetkazildi. Bu operatsiya natijasida 200 ming ingliz soldati halok bo‘ldi va yaralandi.
„Buyuk chekinish“
Sharqiy front 1915-yilda asosiy urush ha-
rakatlari maydoniga aylandi. Germaniya va Avstriya-Vengriya o‘z qurolli kuchlarining yarmiga yaqinini Ros- siyaga tashlashga qaror qildi. Ittifoqchilarning qo‘shinlari 1915- yilning bahorida hujum harakatlarini Galitsiyadan (G‘arbiy Uk- raina) boshladilar. Natijada, 1915-yilning bahori va yozida rus qo‘shini qonli mudofaa janglari olib borishga majbur bo‘ldi. Rus qo‘shini mislsiz darajada talafot ko‘rdi. Chunonchi, 850 ming soldat va zobit halok bo‘ldi. 900 ming nafari esa asirga tushib qoldi. Rus qo‘shini qattiq qarshilik ko‘rsatsa-da, kuchlar noteng bo‘lgan janglar natijasida Polshani, Boltiqbo‘yi, G‘arbiy Belorus va G‘arbiy Ukrainaning bir qismini tashlab chiqishga majbur bo‘ldi. Bu chekinish birinchi jahon urushi tarixiga „buyuk cheki-
nish“ nomi bilan kirdi.
G‘arbiy frontdagi ahvol
Sharqiy frontdagi dastlabki muvaffaqiyat- lardan ruhlangan Germaniya G‘arbiy front- dagi ahvolini ham o‘zgartirib olmoqchi
bo‘ldi. Bu o‘rinda u mutlaqo yangi qurol—suvosti kemalariga katta umid bog‘ladi.
Ayni paytda, Germaniya harbiy harakatlar hududlaridagi har qanday suvusti kemalarini ham cho‘ktirib yuborish niyatida edi. Shunday qildi ham. Chunonchi, 1915-yilning 7-may kuni Ger- maniya suvosti kemalari Buyuk Britaniyaning „Luzitaniya“ deb ataluvchi ulkan yo‘lovchilar tashish kemasini cho‘ktirib yubordi. Uning bortida jami 2000 ga yaqin yo‘lovchi (shu jumladan, 126 nafar AQSH fuqarosi) bor edi.
Yo‘lovchilarning yarmidan ko‘pi halok bo‘ldi. Bundan tashqari, Germaniya floti tomonidan yuzlab yuk kemalari yo‘q qilib tashlandi. Germaniya faqat suvosti kemalaridangina foydalanib qolmadi. U 1915-yilning 25-aprelida Iðr jangida urushlar tarixida birinchi ma- rotaba kimyoviy qurol—zaharli gaz (xlor) ishlatdi. Buning natijasida 15000 kishi zaharlandi. Ulardan 5 mingi vafot etdi. Biroq, bu qurol ham Germaniya kutgan natijani bermadi. Antanta qo‘shini tez orada
gazga qarshi himoya vositasi (protivogaz) bilan ta’minlandi.
Italiyaning urushga kirishi
Italiya rasman „Uchlar ittifoqi“ning a’zosi bo‘lsa-da, uning maqsadi urushda kim- ning qo‘li baland kelishiga amalda ishonch
127
hosil qilish hamda qaysi tomon Italiyaga urushdan so‘ng ko‘p o‘lja va’da qilishini kutib turish edi.
Antanta Italiyaga u so‘ragan hududlarning barchasini berishga rozi bo‘ldi. 1915-yilning 26- aprelida Antanta bilan Italiya o‘rtasida Londonda shartnoma imzolandi. Shartnomaga ko‘ra, Italiya bir oy o‘tgach o‘zining sobiq ittifoqdoshlariga qarshi urushga kirishi zarur edi. Bu majburiyat Buyuk Britaniyaning Italiyaga 50 mln. funt sterling hajmda qarz berishi bilan mustahkamlandi.
3-may kuni Italiya hukumati „Uchlar ittifoqi“ to‘g‘risidagi shartnomadan chiqqanligini bildirdi. 23- may kuni esa Avstriya- Vengriyaga qarshi urush e’lon qildi. Italiyaning Antanta tomoniga og‘dirilishi Germaniya diðlomatiyasining katta mag‘lubiyati edi.
Yaponiyaning Uzoq Sharq va Tinch okeandagi harakatlari
Yevropada borayotgan urush harakatlari Uzoq Sharq va Tinch okeandagi Yapo- niyaning harbiy harakatlari uchun qulay sharoit tug‘dirdi. U 1915-yilning 18-yan-
varida Xitoy hukumati oldiga Shandun viloyatini Germaniya ta’sir doirasidan Yaponiya ta’sir doirasiga o‘tkazish; Sharqiy Ichki Mo‘- g‘iliston va Janubiy Manjuriyada Yaponiyaning mavqeyini yanada mustahkamlashga imkon berish; Port-Artur, Janubiy Manjuriya va Andun-Mukden temiryo‘llarining ijara muddatini yana 99 yilga uzaytirish; Yaponiya fuqarolarining Janubiy Manjuriya va Sharqiy Ichki Mo‘g‘ilistonda yer maydonlariga ega bo‘lish kabi talablarni qo‘ydi. Ayni paytda, Yaponiya voqeaga AQSHning aralashuvi mum- kinligidan tashvishga ham tushib qoldi. Shu tufayli, Xitoy oldiga qo‘ygan qator talablaridan voz kechdi.
8-may kuni Xitoy Yaponiyaning biroz yumshatilgan talablarini qabul qildi.
Rossiya qo‘shinining 1915-yilgi buyuk chekinishi Bolgariyani kimning tarafida urushga kirishi masalasini hal etdi.
1915-yilning 6-sentabr kuni Avstriya-Vengriya va Bolgariya, 15-sentabr kuni esa Bolgariya va Turkiya o‘rtasida ittifoqchilik shart- nomalari imzolandi. Shu tariqa „To‘rtlar ittifoqi“ vujudga keldi.
14-oktabr kuni Bolgariya, Germaniya, Avstriya-Vengriya qo‘- shinlari Serbiyaga hujum qildilar. Shu tariqa, Serbiya bosib olindi.
Buyuk chekinish — rus armiyasining 1915-yil bahor va yozida og‘ir talafotlar bilan chekinishi.
„To‘rtlar ittifoqi“ — 1915-yil 15-sentabrda Bolgariyaning Germa- niya, Avstriya-Vengriya va Turkiya ittifoqiga qo‘shilishi natijasida vujudga kelgan ittifoq.
128
36-§.
1916—1917-yillardagi urush harakatlari
Savol va topshiriqlar
1. Birinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari haqida ni- malarni bilib oldingiz?
2. Urush qay tariqa boshlanib ketdi?
3. Germaniyaning yashin tezligida g‘alabaga erishish rejasi qay
tariqa barbod bo‘ldi?
4. Nega Italiya „Uchlar Ittifoqi“ shartnomasidan chiqib ketdi? 5. Yevropadagi urush harakatlaridan Yaponiya qay tariqa foydalanib
qoldi?
Buyuk Britaniya davlat arbobi Lloyd Jorjning quyidagi so‘zlariga sharh bering:
„Tarix o‘zining xudbinlarcha qaysarligi bilan quroldosh rus o‘rtoqlarini halokatga duchor etgan Fransiya va Buyuk Brita- niyaning harbiy qo‘mondonligidan javob talab qiladi. Holbuki, ular ruslarni osongina qutqarishi mumkin edi“.