1916—1917-yillardagi urush harakatlari
Savol va topshiriqlar
1. Birinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari haqida ni- malarni bilib oldingiz?
2. Urush qay tariqa boshlanib ketdi?
3. Germaniyaning yashin tezligida g‘alabaga erishish rejasi qay
tariqa barbod bo‘ldi?
4. Nega Italiya „Uchlar Ittifoqi“ shartnomasidan chiqib ketdi? 5. Yevropadagi urush harakatlaridan Yaponiya qay tariqa foydalanib
qoldi?
Buyuk Britaniya davlat arbobi Lloyd Jorjning quyidagi so‘zlariga sharh bering:
„Tarix o‘zining xudbinlarcha qaysarligi bilan quroldosh rus o‘rtoqlarini halokatga duchor etgan Fransiya va Buyuk Brita- niyaning harbiy qo‘mondonligidan javob talab qiladi. Holbuki, ular ruslarni osongina qutqarishi mumkin edi“.
Germaniya hukmron doiralari Rossiyani tor-
Verden jangi
ni to‘plardan qattiq o‘qqa tutdilar.
Nemis qo‘shini atigi 7 km oldinga siljiy oldi. Germaniya
qo‘shinining Verden yo‘nalishidagi harbiy harakatlari shiddatini yanada kamaytirish maqsadida Fransiya bosh qo‘mondonligi nemislarning Somma daryosi bo‘ylab o‘tgan mudofaa chizig‘ini yorib o‘tishga qaror qildi. Fransuz va ingliz qo‘shini 1-iyulda Som- ma daryosi bo‘yida hujumga o‘tdilar. Bu qonli jang 18-noyabrga- cha davom etdi.
Bu jangda inglizlar urushlar tarixida birinchi bor yana bir yangi qurol — tankni ishga soldilar. Po‘latdan yasalgan bu dahshatli qurol dushman qo‘shinini dastlab qattiq sarosimaga solib qo‘ydi. 1916-yilning 21-dekabridan boshlab nemis qo‘shini mudofaaga o‘tishga majbur bo‘ldi.
mor eta olmagach, yana asosiy e’tiborni G‘ar- biy frontga qaratdi. Bundan ko‘zlangan maqsad—Fransiya taqdirini uzil-kesil hal etish edi. Shuning uchun Germaniya Fransiyaning Verden qal’asiga hujum uyushtirdi. Chunki, bu qal’a Parijning yo‘lini to‘sib turar edi. Germaniya qo‘shinining hujumi 1916- yilning 21-fevralida boshlandi va 21-martgacha davom etdi. Nemis piyoda askarlari hujumga ko‘tarilganda fransuzlar kutilmaganda ular-
9 — Jahon tarixi, 9- sinf 129
Verden va Somma janglari misli ko‘rilmagan darajada qirg‘in- barot janglar ham bo‘ldi. Ularda har ikki tomondan 2 million 260 mingdan ortiq jangchi halok bo‘lgan. Verden jangining tarixga „Verden qirg‘ini“ nomi bilan kirganligi bejiz emas.
Sharqiy frontdagi ahvol
Germaniya qo‘shini 1916-yil fevral oyida G‘arbiy frontda hujumga o‘tgach, Fransiya yordam so‘rab yana Rossiyaga murojaat
qilishga majbur bo‘ldi. Bunga javoban general A.A. Brusilov qo‘- mondonligidagi rus qo‘shini may oyida hujumga o‘tdi. 4-iyul kuni Avstriya-Vengriya qo‘shinining Galitsiyadagi fronti yorib o‘tildi va Avstriya-Vengriya qo‘shiniga qattiq zarba berildi. Rus qo‘shinining hujumi oqibatida Avstriya-Vengriya qo‘shinining 1 milliondan or- tiq jangchisi halok bo‘ldi. 400 mingdan ortig‘i esa asir olindi. Rus qo‘shini 60—100 km oldinga siljishga muvaffaq bo‘ldi.
Ruminiyaning urushga kirishi
1914-yilning 1-oktabrida Rossiya-Ruminiya shartnomasi imzolangan edi. Shartnomaga ko‘ra, Rossiya Ruminiyaning hududiy yax-
litligini kafolatlaydigan bo‘ldi. Shuningdek, Ruminiyaning Avs- triya-Vengriya imperiyasidagi ruminlar yashaydigan hududlarga bo‘lgan huquqini tan oldi.
1916-yilning 17-avgust kuni Ruminiya bilan Antanta davlatlari o‘rtasida shartnoma imzolandi va Ruminiya Avstriya-Vengriyaga qarshi urushga kirish majburiyatini oldi. Buning evaziga unga Transil- vaniya, Bukovina va Banatning katta qismi va’da qilindi. 28-avgust kuni Ruminiya Avstriya-Vengriyaga qarshi urush e’lon qildi.
Biroq, harbiy jihatdan mustahkam tayyorgarlik ko‘rmagan Ruminiya armiyasi tezda tor-mor etildi.
Tomonlarning rejalari
1917-yilda Antanta qurolli kuchlarining son jihatdan ustunligi 40% ni tashkil etardi. Hatto, harbiy-iqtisodiy jihatdan qoloq Ros-
siya ham 1917-yilning boshlarida oylik o‘q-dori va harbiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga erishdi. Antanta yilning boshlaridayoq hujumni boshlashni rejalashtirdi. Hal qiluv- chi zarbani esa yozda berishga qaror qildi.
Ayni paytda, „To‘rtlar ittifoqi“ ham qo‘l qovushtirib o‘tirgani yo‘q edi. 1916-yilning 29-avgustida general-feldmarshal fon Gin- denburg Germaniya qo‘shinining qo‘mondoni etib tayinlandi va ko‘p o‘tmay Germaniya qo‘shinining 1917-yilgi harakat rejasini tuzib chiqdi. Reja front chizig‘i hajmini kamaytirish maqsadida armiyani oldindan mustahkam darajada tayyorlab qo‘yilgan marra- larga qaytarishni nazarda tutardi.
130
AQSHning urushga kirishi
Urush boshlangan vaqtda AQSH betaraflik e’lon qilgan edi. Biroq, AQSH birinchi jahon urushining borishini diqqat bilan
kuzatib bordi. Ayni paytda, urushuvchi guruhlarning birortasi to‘la g‘alaba qozonishini istamadi. U Yevropaning bir-biriga dushman bo‘lgan davlatlar guruhiga bo‘linganicha qolishini istar edi.
Urushning misli ko‘rilmagan darajada katta harbiy harajatlar talab qilishi va uzoqqa cho‘zilishi sharoitida AQSH juda katta mo- liyaviy manfaat ko‘rishi aniq edi. Bu imkoniyatni qo‘ldan chiqarishni istamagan AQSH Antantaga yordam ko‘rsata boshladi.
Xususan, birgina 1915-yilda AQSH Buyuk Britaniya va Fransiya bilan 500 mln. dollar miqdorida qarz berish haqidagi shartnomani imzoladi. Asta-sekin Yevropadagi 20 davlatning AQSHdan qarzi 10 mlrd. dollarni tashkil etdi.
1917-yilning 3-fevralidan boshlab Germaniya Buyuk Britaniyaga qarshi cheklanmagan suvosti urushi e’lon qilganligi va bu urushning, ayni paytda, AQSH manfaatlariga ham katta zarar yetkazganligi AQSH hukmron doiralarini befarq qoldirmadi.
Qulay fursatdan foydalangan AQSH hukumati 6-aprel kuni Germaniyaga urush e’lon qildi. AQSH harbiy kuchlarining dast- labki qismlari 26-iyunda Fransiya hududiga tashlandi. Bir yildan so‘ng G‘arbiy frontda jang qilayotgan AQSH qo‘shinlarining soni 2 mln. kishini tashkil etdi. AQSHning urushga kirishi urush taq- dirini Antanta foydasiga hal etish yo‘lida katta omil bo‘ldi.
Savol va topshiriqlar
1. Germaniya Verden jangidan qanday maqsadni ko‘zlagan edi? 2. A.A. Brusilovning Galitsiya fronti chizig‘ini yorib o‘tishi qanday
ahamiyatga ega bo‘ldi?
3. Somma daryosi bo‘yidagi jangning ahamiyati haqida nimalarni
bilib oldingiz?
4. Ruminiya nega Antanta tarafida urushga kirdi?
5. Nega AQSH faqat 1917-yilga kelib urushga kirdi? AQSHning
urushga kirishi I jahon urushida qanday rol o‘ynadi?