45-dars. TARMOQLANUVCHI ALGORITMLARNI DASTURLASH. IF…ELSE OPERATORI

45-dars. TARMOQLANUVCHI ALGORITMLARNI DASTURLASH. IF…ELSE OPERATORI
Mantiqiy ifodaning natijasiga asoslanib, dasturning qaysi qismi bajarilishi lozimligi haqida qaror qabul qilinadi. Bunday masalalar tarmoqlanuvchi algoritmlar yordamida hal etiladi.
1. Tarmoqlanuvchi algoritm deb nimaga aytiladi?
2. Shart qanday tekshiriladi?
3. Taqqoslash amallari natija sifatida qanday qiymatni qaytaradi?
Tarmoqlanuvchi algoritmlar – birorta shartga ko‘ra buyruqlar ketma-ketligining bajarilishi yoki bajarilmasligini belgilovchi algoritm. Tarmoqlanuvchi algoritmlarda bir yoki bir necha shartlar tekshiriladi hamda rost yoki yolg‘on qiymat qaytarishiga asoslanib, buyruqlar ketma-ketligi bajariladi.
Shartlarni tekshirish uchun barcha dasturlash tillari kabi Python dasturlash tilida ham shartli o‘tish operatorlari mavjud.
76
IV BOB. DASTURLASH ASOSLARI
>>> a = 20
>>> c = False >>> a > 17 or c
>>> a = 20
>>> c = False
>>> not a > 17 or not c
>>> a = True
>>> b = True
>>> c = False
>>>not(a and c) and (a or b) or c
>>> a = 66
>>> b = 22
>>> c = 7
>>>not((a > b) or (b < c))
BUNI BILASIZMI?
AMALIY TOPSHIRIQLAR

if shartli o‘tish operatori
Sintaksisi:
if shart: buyruqlar_bloki
Tayanch tushunchalar
if operatori– faqat berilgan shart rost bo‘lgandagina muayyan buyruqlar to‘plamini bajaradigan shartli operator.
if operatori tarkibidagi shart True (rost) qiymat qaytarsa, buyruqlar_bloki bajariladi. Agar yolg‘on qiymat qaytarsa, buyruqlar_bloki bajarilmaydi.
buyruqlar_bloki if operatoridan keyingi satrda xat boshidan 4 ta probel qoldirib, keyin yoziladi.
buyruqlar_blokidagi buyruqlar alohida qatorda yoki bitta qatorda nuqta, vergul bilan ajratilgan holda yozilishi mumkin.
No
1 2 3
4
5 6
Blok-sxema
Boshlash age
age>18
ha
yo‘q
Blok-sxema nomi
Algoritmning boshlanishi Kiritish bloki Shart tekshirish bloki
Bajarish bloki
Chiqarish bloki
Algoritmning tugashi
Dastur kodi
age=int(input (‘Enter your age?’))
if age>18:
msg=’You can enter!’
print(msg)
msg=’You can enter!’
msg
Tamom
if-else shartli o‘tish operatori
Sintaksisi:
if shart: buyruqlar_bloki
else: buyruqlar_bloki2
Misol:
if operatori bilan birga else buyrug‘ini ham qo‘llash mumkin. Agar shart True (rost) qiymat qaytarsa, buyruqlar_bloki bajariladi, aks holda buyruqlar_bloki2 bajariladi.
tenglamalar sistemasi dasturini tuzing.
x = int(input()) ifx>6:
y=x-3 else:y=x
print(y)
85
45-dars. TARMOQLANUVCHI ALGORITMLARNI DASTURLASH. IF… ELSE OPERATORI
77

? 1. Shartni tekshirish uchun qaysi operatordan foydalaniladi?
2. Shartli o‘tish operatorining umumiy ko‘rinishi qanday?
3. Dastur tuzish jarayonida shart tekshirish nima uchun kerak? 4. Tarmoqlanish operatorining qisqa va to‘liq ko‘rinishi qanday?
1. Kiritilgan а soni musbat yoki manfiy ekanligini aniqlovchi dastur tuzing.
2. Kiritilgan а soni toq yoki juft ekanligini aniqlovchi dastur tuzing.
3. Tomonlari a va b ga teng to‘g‘ri to‘rtburchak kvadrat ekanligini aniqlovchi dastur tuzing. 4. Kiritilgan a soni to‘rt xonali son ekanligini aniqlovchi dastur tuzing.
46-dars. AMALIY MASHG‘ULOT
Маsala. Kiritilgan son musbat bo‘lsa, unga 2 ni qo‘shuvchi, aks holda 2 ni ayiruvchi dastur tuzing va natijani chiqaring.
2
Boshlash а
Kiritish bloki
a=int(input ())
7
Tamom
Algoritmning tugashi
a>0
ha
yo‘q
s
1. Ikkita a va b son berilgan. Agar b son a sondan kichik bo‘lsa, u holda b ni nol bilan almashtiruvchi, aks holda b ni o‘zgarishsiz qoldiruvchi dastur tuzing.
2. Berilgan a butun son noldan farqli b butun songa qoldiqsiz bo‘linishi yoki bo‘linmasligini
aniqlovchi dastur tuzing.
3. Berilgan a butun son noldan farqli b butun songa qoldiqsiz bo‘linsa, bu ikkala sonning yig‘indisini, aks holda ko‘paytmasini topish dasturini tuzing.
4. Uchta a, b va c son berilgan. Agar a2 – b2 = c2 shart bajarilsa, ularning ko‘paytmasini, aks holda yig‘indisini hisoblovchi dastur tuzing.
5. Butun son berilgan. Agar u musbat bo‘lsa, unga 1 sonini qo‘shish, aks holda o‘zini chiqarish dasturini tuzing.
6. Kiritilgan butun son musbat bo‘lsa, uning 10 ga ko‘paytmasini, aks holda o‘zini chiqaruvchi dastur tuzing.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *