55-dars. SIKLLARNI BOSHQARISH: CONTINUE, BREAK OPERATORLARI

55-dars. SIKLLARNI BOSHQARISH: CONTINUE, BREAK OPERATORLARI
Sikllarni boshqarish uchun break va continue kabi maxsus operatorlardan foydalaniladi. break operatori sikldan chiqish uchun ishlatiladi. continue operatori siklning navbatdagi iteratsiyasiga o‘tish uchun ishlatiladi.
1. Cheksiz siklni to‘xtatishning Ctrl+C dan boshqa usuli mavjudmi? 2. Sikl to‘xtaganidan keyin uni davom ettirish mumkinmi?
Sikldan chiqish
Agar shart True qiymat qaytarsa ham, sikl ichida break operatoriga murojaat etilsa, u holda sikl ishi to‘xtatiladi. Sikl tarkibidagi ixtiyoriy buyruq breakga murojaat etilganidan keyin bekor qilinadi.
Tayanch tushunchalar
break – sikl ishini to‘xtatuvchi operator. continue – joriy siklni o‘tkazib yuborib, keyingisiga o‘tuvchi operator.
Misol. Karra jadvali bo‘yicha o‘quvchilar bilimini tekshiramiz.
i 1 dan 11 gacha bo‘lgan 10 ta siklni hisoblaydi. Karra jadvali savolini chiqaradi.
O‘quvchi kiritgan javobni qabul qiladi. Ko‘paytmani hisoblaydi.
Natijani o‘quvchi kiritgan javob bilan taqqoslaydi.
To‘g‘ri bo‘lsa, Barakalla yozuvini chiqaradi. Aks holda, noto‘g‘riligi haqida xabar berib, tog‘ri javobni chiqaradi.
Sikldan chiqish uchun dastur kodiga break operatorini qo‘shamiz. O‘quvchi bilmayman so‘zini yozgan vaqtda, sikl ishini to‘xtatadi.
55-dars. SIKLLARNI BOSHQARISH: CONTINUE, BREAK OPERATORLARI
89
BUNI BILASIZMI?
AMALIY TOPSHIRIQLAR
table=8
for i in range(1,11):
print(table, ‘x’, i, ‘= ?’ ) pup=input()
res=table*i
if int(pup)==res:
print(‘Barakalla!’)
else:print(‘Noto\’gri, javob:’, res) print(‘Tugadi’)
8×1=? 5Noto’gri, javob: 8

table=8
for i in range(1,11):
print(table, ‘x’, i, ‘= ?’ ) pup=input()
if pup==’bilmayman’:
break
res=table*i
if int(pup)==res:
print(‘Barakalla!’)
else:print(‘Noto\’gri, javob:’, res) print(‘Tugadi’)
table=8
for i in range(1,11):
print(table, ‘x’, i, ‘= ?’ ) pup=input()
if pup==’bilmayman’:
break
if pup==’keyingisi’:
print(‘Keyingi savol’)
continue
res=table*i
if int(pup)==res:
print(‘Barakalla!’)
else:print(‘Noto\’gri, javob:’, res) print(‘Tugadi’)
90
IV BOB. DASTURLASH ASOSLARI
Siklni davom ettirish
continue operatori yordamida, sikldan chiqmagan holda, savolni o‘tkazib yuborib, jarayonni davom ettirish mumkin. Agar ushbu operator sikl o‘rtasida uchrasa, sikl oxirigacha bo‘lgan keyingi buyruqlarni o‘tkazib yuboradi va sikl o‘z ishini keyingi iteratsiyadan davom ettiradi.
Agar o‘quvchi «keyingisi» javobini kiritsa, dastur siklni keyingisiga o‘tkazib yuboradi.
O‘zgaruvchilarning o‘zaro qiymat almashtirishi
Python dasturlash tilida o‘zgaruvchilar qiymatini eng kam qadamlar bilan osongina o‘zgartirish mumkin.
Masalan,
>>> a, b = 0, 1
Odatda, bu amal ikkita o‘zgaruvchi qiymatini bir vaqtda o‘zgartirish uchun kerak bo‘ladi.
Agar o‘quvchi bilmayman deb javob bersa, dastur sikldan chiqadi va Tugadi yozuvini chiqaradi.
8×1=?
8Barakalla! 8×2=?
16
Barakalla! 8×3=? keyingisi Keyingi savol 8×4=?
32 Barakalla! 8×5=?
a=0
b=1
8×1=?
8Barakalla! 8×2=? 16 Barakalla! 8×3=? bilmayman Tugadi >>>

Boshqa dasturlash tilida
Python dasturlash tilida
a=1
b=2
tt=a
a=b
b=tt print(a,b)
a=1 b=2
a, b=b, a print(a, b)
21
21
1. Qaysi operatorlar sikl ishini boshqaradi? ? 2. break operatorining vazifasi nima?
3. continue operatorining vazifasi nima?
4. O‘zgaruvchilarning o‘zaro qiymat almashtirishi qanday amalga oshiriladi?
1. Qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish amallaridan iborat sodda kalkulyator dasturini tuzing.
2. Foydalanuvchi tomonidan kiritilgan sonlar yig‘indisini hisoblash dasturini tuzing. Agar manfiy son kiritilsa, sikl o‘z ishini to‘xtatishi lozim.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *