62–63-darslar. PYTHON DASTURLASH TILI KUTUBXONASI

62–63-darslar. PYTHON DASTURLASH TILI KUTUBXONASI
Har bir yangi dasturning kodini
yozish ko‘p vaqt talab qiladigan jarayon hisoblanadi. Shu sababli, tayyor qism dasturlardan foydalanish har bir dasturchi
uchun qulaydir. Zamonaviy dasturlash
tillarida bu jarayonni yengillashtirish uchun
tayyor dastur kodlarini saqlovchi kutubxonalar mavjud.
1. Dasturlash tillari yordamida hech qanday dastur kodini yozmasdan ham biror masalani hal etish mumkinmi?
2. Standart kutubxona qanday vazifa bajaradi?
3. Modullar nima?
Boshqa dasturlash tillari kabi Python dasturlash tilining standart kutubxonasi ham ko‘plab tayyor kod fragmentlari (modullar, standart funksiyalar va b.)dan tarkib topgan. Python dasturlash tilini yanada takomillashtirish uchun foydalanuvchi tomonidan yozilgan modullarni kutubxonaning alohida qismiga yuklash ham mumkin.
Python dasturlash tilida juda ko‘p modul mavjud bo‘lib, ularning asosiylarini ko‘rib chiqamiz.
Eslab qoling!
Python dasturlash tili o‘rnatgichidagi Batteries included (батарейки в комплекте – batareykasi bilan) izohi Python dasturlash tili majmuida ko‘plab tayyor kodlar mavjudligini anglatadi.
100
IV BOB. DASTURLASH ASOSLARI
Tayanch tushunchalar
Modullar – alohida faylda yozilgan bo‘lib, turli dasturlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan kodlar majmui.
BUNI BILASIZMI?

Modul nomi math
random tkinter
datetime
socket turtle locale
decimal
os
copy sys
Modul tavsifi
Modul murakkab matematik ifodalarni hisoblash uchun qo‘llaniladi. Modul tasodifiy sonlarni tanlab oladi yoki ro‘yxat
elementlarini tasodifiy tartibda joylashtiradi.
Modul foydalanuvchi va dastur o‘rtasida o‘zaro aloqa
o‘rnatish uchun oyna, tugmacha va boshqa grafik elementlardan foydalanish imkonini beradi.
Modul joriy sana va vaqtni ko‘rsatish hamda sanalarni hisoblash, sanalar ustida amallar bajarish imkonini beradi. Modul kompyuterlarni internet orqali bir-
biriga ulash uchun qo‘llaniladi.
Modul ekranda chiziq va figuralarni chizish uchun qo‘llaniladi.
Modul sonlarni formatlashda belgilangan tartibni aniqlash muammosini hal qilish uchun qo‘llaniladi. Modul o‘nli kasr sonlari bilan ishlash va
ularni yaxlitlash uchun qo‘llaniladi.
Modul katalog va fayllar bilan ishlash uchun
bir qancha imkoniyatlarni beradi.
Modul nusxalash bilan bog‘liq masalalarni hal qilishga mo‘ljallangan. Python interpretatorida dasturni bajaruvchi muhit hisoblanadi.
Dasturda modullardan foydalanish uchun avval uni dasturga yuklash kerak bo‘ladi. Bu esa uning tarkibida saqlanuvchi kod fragmentiga murojaat qilishni talab qiladi. Modullarni dasturga yuklashning uch xil usuli mavjud.
1-usul. Modul funksiyalarini yuklab olishning bu usulida murojaat etilayotgan kod fragmentidan oldin modulning nomi ko‘rsatilishi lozim. Bunday dasturlarni o‘qish juda oson, chunki kod qaysi modulga tegishli ekanligini tez aniqlash mumkin.
Eslab qoling!
Pygame – ovoz va maxsus o‘yin grafikasi bilan ishlash imkonini beruvchi, videoo‘yinlar yaratish uchun mo‘ljallangan Python kutubxonasi. Pythonni puxta o‘rganib olsangiz, Pygameda dasturni erkin tuza olasiz.
Sintaksisi:
import modul fayli nomi
import modulni yuklovchi kalit so‘z
>>> import random
>>> random.randint(1,5)
Standart kutubxonadan random moduli funksiyalarini yuklab oldi.
Har bir funksiyadan oldin modulning nomi ko‘rsatiladi.
3
2-usul. Modul funksiyalarini yuklab olishning bu usuli uncha katta bo‘lmagan dasturlar uchun qulay. Katta dasturlarda esa dasturni tushunish qiyin kechadi, ya’ni funksiya qaysi modulga taalluqli ekanligini aniqlash uchun biroz urinish kerak bo‘ladi.
Sintaksisi:
from modul fayli nomi import *
from … import * – modulni yuklovchi kalit so‘z
62–63-darslar. PYTHON DASTURLASH TILI KUTUBXONASI
101

>>> from random import * >>> randint(1,5)
Standart kutubxonadan random moduli funksiyalarini yuklab oldi.
Funksiya qaysi modulga taalluqli ekanligi ko‘rsatilmaydi.
4
3-usul. Moduldan faqat funksiyalarning o‘zini yuklab olish ham mumkin. Agar dasturdan faqat bitta funksiya kerak bo‘lsa, u holda funksiyalarning barchasini emas, kerakli funksiyaning o‘zinigina yuklab olgan ma’qul.
Sintaksisi:
from modul fayli nomi import funksiya nomi
Mabodo, qaysi modulda qanday funksiyalar mavjud, ular nimaga xizmat qiladi singari savollar tug‘ilsa, Python kutubxonasining ma’lumotnomasini ko‘rib chiqish mumkin. Dastur tuzish jarayonida vaqtni bekorga sarflamaslik uchun, standart kutubxona, modul va funksiyalar haqida batafsil bilish hamda tayyor kodlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Ma’lumotnomani ishga tushirish uchun menyular qatoridan Helpni bosib Python Docs bo‘limi tanlanadi.
random moduli tasodifiy sonlarni generatsiya qilishni boshqaradi. random modulining funksiyalari
?
102
IV BOB. DASTURLASH ASOSLARI
1. Dasturlash tili kutubxonasi nima?
2. Modul nima va u nima maqsadda ishlatiladi?
3. Qanday modullarni bilasiz?
4. Matematik hisoblashlarni amalga oshiruvchi modul qanday nomlanadi?
1. 0 va 1 ning oralig‘idan 10 ta tasodifiy sonni chiqarish dasturini tuzing.
2. 0 va 1 ning oralig‘idan 10 ta tasodifiy sonni chiqarish dasturini tuzing.
3. 10 va 10000 ning oralig‘idan 5 ta tasodifiy sonni chiqarish dasturini tuzing.
4. 20 va 50 ning oralig‘idan 2 qadam bilan 7 ta tasodifiy sonni chiqarish dasturini tuzing.
>>> from random import randint >>> randint(1,5)
Standart kutubxonadan random modulining randint funksiyasi yuklab olindi.
Funksiya qaysi modulga taalluqli
ekanligi ko‘rsatilmaydi.
3
Funksiyalar
Tavsifi
random(x)
0 dan 1 gacha tasodifiy sonlarni hosil qiladi.
randint(start, stop)
startdan stopgacha bo‘lgan oraliqdagi tasodifiy sonlarni hosil qiladi.
randrange(start, stop, step)
qandaydir sonlar to‘plamidan startdan stopgacha bo‘lgan oraliqda step qadami bilan tasodifiy sonlarni hosil qiladi.
UY VAZIFASI
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

64-dars. AMALIY MASHG‘ULOT
Python kutubxonasining math moduli o‘z ichiga matematik, trigonometrik va logarifmik amallarni bajaruvchi funksiyalarni qamrab olgan.
1. Berilgan burchak yoyining uzunligini hisoblovchi dastur tuzing. Yoyning burchagi (gradusda) hamda radiusi foydalanuvchi tomonidan kiritiladi.
2. y = x * cos x funksiyasi qiymatini hisoblovchi dastur tuzing. x foydalanuvchi tomonidan kiritiladi.
3. Kvadrat tenglamaning ildizlarini hisoblash dasturini tuzing. a, b, c foydalanuvchi tomonidan kiritiladi.
4. Berilgan haqiqiy sonning kasr qismini 1 dan 4 gacha bo‘lgan aniqlikda yaxlitlang. Berilgan son: 0.26598
Natija:
1-aniqlikda: 0.3 2-aniqlikda: 0.27
3-aniqlikda: 0.266 4-aniqlikda: 0.2660
5. Doira sektorining yuzasini hisoblash dasturini tuzing. Doiraning radiusi hamda
sektorning burchagi (gradusda) foydalanuvchi tomonidan kiritiladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *