XIX asr oxiri — XX asrning boshlarida
41-§.
Adabiyot Òanqidiy realizm
Yevropa mamlakatlarining madaniy hayotida realistik oqim bilan dekadentlik oqimi o‘rtasida kurash avj oldi. Xalq dekadentlik ruhida yozilgan asarlarni qabul qilmadi. Natijada,
turmushni aniq ifodalaydigan asarlarga eh- tiyoj ortdi. Realistik yozuvchilar atrofdagi voqelikni dadil va haqqoniy aks ettirishga intildilar. Shuning uchun bu davr realizm yoki „tanqidiy realizm“ nomini oldi. Bu davrda rus adabiyoti namoyandalari F. M. Dostoyevskiy, L.N. Òolstoy, A.P. Che- xov chet ellardagi zamondoshlari uchun realistik ijodning yangi imkoniyatlarini ochib berdilar.
Gi de Mopassan o‘zining „Hayot“, „Azizim“, „Mont-Oriol“ va boshqa asar- lari bilan fransuz badiiy dunyosida qator
F.M. Dostoyevskiy.
149
ijtimoiy masalalarni mahorat bilan rango-rang bo‘yoqlarda tasvirlagan ijodkordir.
Amerika yozuvchisi J. Londonning ijodi radikal intilishlar bilan ajralib turar edi. Uning „Òemir tovon“ romanida insoniyat oldida turgan halokat yoki dahshatli azoblar oldindan aytib berildi. Avtobiografik tarzdagi „Marten Iden“ romanida yozuvchi halol ijod ahlining soxta madaniyat bilan fojiali to‘qnashuvini ochib berdi.
Amerikalik yozuvchi T. Drayzerning „Moliyachi“, „Òitan“ romanlarida amerikalik monopolist, tojsiz qirol, puldor Kauper- vudning umumlashgan obrazi berilgan. Kaupervud boyish uchun kurashda qalloblik usullaridan, odamlarni aldash, sotib olishdan foydalanib, o‘z maqsadi sari intiladi.
R. Rollan o‘zining ko‘p tomli „Jan Kristof“ romanida fransuz va german burjua jamiyatining buzilishini ko‘rsatadi. Uning qahramoni — kompozitor Kristof razillik, munofiqlik, amal- parastlikni ko‘rib azoblanadi. „Maydondagi yarmarka“ kitobi g‘oyat keskin fosh qilishi bilan ajralib turadi. Bunda muallif sotqin vazirlarni, „saroy to‘tilarini“, „sotsialist“ amalparastlarni, san’at korchalonlarini fosh qilishda satirik usullardan foydalanadi.
Bu davrda satira katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Nemis yozuvchisi, yumorist G. Manning „Sodiq fuqaro“ romani hamda „Imperiya“ trilogiyasiga kirgan boshqa asarlari juda katta fosh etuvchi kuch sifatida namoyon bo‘ldi. Uning sahifalarida ko‘plab qirollar va kanslerlarni, zodagonlarni va amaldorlarni, xalqqa xiyonat qilgan- larni hamda viloyatlardan chiqqan zodagonlarni, hatto imperator Vilgelm II ni ko‘rish mumkin.
Mavjud tuzumni hajv qilishning yirik ustasi, atoqli fransuz yozuvchisi A. Frans edi. Uning „Silvester Bonnarning jinoyati“ asarida „Uchinchi Respublika“ning illatlari, hukmron doiralar- ning ma’naviy buzilishi, siyosat arboblarining sotqinligi, monarx- larning fitnalari keskin, oshkora kulgi ostiga olindi. Atoqli amerikalik satirik yozuvchi M. Òvenning romanlari, hikoyalari, maqolalari achchiq va darg‘azab satiraga boydir. „Olomon qiluvchi Qo‘shma Shtatlar“ maqolasining nomi yoki „Senator turmada o‘tirmagan vaqtlarida qonun chiqaruvchi kishi“, „Xalq xizmatkorlari — porani taqsimlash uchun o‘z lavozimlariga saylangan shaxslar“ nomli o‘tkir ta’riflarning o‘zi juda qimmatlidir.
150
Bu davrda jahon demokratik ma-
daniyatining fondi Osiyo va Lotin Ame-
rikasi mamlakatlari yozuvchilarining ijodi
bilan ham boyidi. Atoqli yapon yozuv-
chisi A. Ryunoske novellalarida tekinxo‘r
mulkdorlar axloqining inqirozi, xalq
ommasining umumiy kuchini anglash
o‘z aksini topdi. Hind gumanist yozuv-
chisi R. Òagor falsafiy teranligi va ba-
diiy barkamolligi bilan ajralib turuvchi
romanlar, pyesalar, hikoya va she’rlari
bilan butun dunyoga mashhur bo‘ldi.
Uning butun ijodi milliy mustaqillikka
otashin chaqiriqdan iborat edi. Ayniqsa, „Halokat“ romani mashhur bo‘ldi. Xitoylik Lu Sinning ijodi kambag‘allarning og‘ir ahvoliga chuqur hamdardlik ruhi bilan sug‘orilgan edi.
Demokratik adabiyot
Rabindranat Tagor.
Demokratik adabiyot ijodkorlari tenglik va adolat tamoyillarining g‘alaba qilishiga, insonning ijodiy kuchlariga, uning dunyoni
o‘zgartira olishiga ishonar edilar. Uning namoyandalaridan biri amerikalik adiba G. Bicher-Stou bo‘lgan. Uning „Tom tog‘aning kulbasi“ romani jahon adabiyotining nodir asarlaridan hisoblanadi. Romanda XIX asr Amerika qullari va quldorlari hayoti, ular o‘rtasidagi ziddiyat, qulchilikka qarshi qora tanlilar isyoni haqqo- niy yoritilgan. Uning „Men va mening xotinim“, „Biz va qo‘shnilarimiz“ asarlarida ham Amerika hayoti haqqoniy tasvir- lanadi.
Jek Londonning tabiatni bo‘ysundirgan qahramon haqidagi „Hayotga muhabbat“, ishchi va dehqonlar hayotiga bag‘ishlangan „Bir parcha go‘sht“, „Dengiz bo‘risi“ va boshqa asarlari mash- hurdir.
Ingliz dramaturgi Bernard Shou o‘z asarlarida ekspluatatsiyani, meshchanlik axloqini, munofiqlik, soxtalikni qoralagan. „Qariyalar uyida“, „Qurol va inson“, „Shayton shogirdi“, „Mayor Barbara“ kabi asarlarida jamiyatdagi qusurlarni tanqid qilish bilan birga, ijtimoiy taraqqiyotga, adolatga xizmat qiluvchi kuchlarni zo‘ra- vonlikka qarshi qo‘yish g‘oyalari ilgari suriladi.
Fransuz abidi Viktor Gyugo o‘zining „Dahshatli yil“, „Xo‘r- langanlar“, „To‘qson uchinchi yil“ kabi asarlarida zulmga, jaholat
151
va adolatsizlikka qarshi norozilik, bosqinchilikka nafrat, kurash- chan xalqqa xayrxohlik bildiradi va haqoratlangan mehnatkash insonning fojiali hayoti va kurashini tasvirlaydi.
Fransuz yozuvchisi Jyul Vern ilmiy-fantastik romanchilikning yirik vakili. Yozuvchi „Havo sharida besh hafta“, „Yer markaziga sayohat“, „Kapitan Grant bolalari“, „O‘n besh yoshli kapitan“ asarlarining qahramonlari — jasoratli, dovyurak, kurashchan kishilardir.
Rus yozuvchisi L.N. Òolstoy umrining so‘nggi yillarida podsho Rossiyasining davlat, cherkov, iqtisodiy va ijtimoiy tartibotlarini, axloqsiz negizlarini tanqid qilishni davom ettirdi. A.P. Chexov „Uch opa-singil“, „Olchazor bog‘“ pyesalarida juda katta kuch bilan ijtimoiy masalalarni umumlashtirishga harakat qildi.
Bu davrda yaponiyalik mashhur yozuvchi Roka Òokutomining „Kurosivo“, „Yashamagan yaxshi“, Naoe Kinositoning „Olovli ustun“ romanlari feodal qoldiqlarga qarshi, milliy qadriyatlarni asrashga, xorijning ma’naviy ta’siriga qarshi qaratilgan edi.
Xitoy shoiri Xua Szunsyan o‘z she’rlarida xalqni bosqinchilarga qarshi kurashga chaqirdi. Òanqidiy romanlar kuchaydi. Li Baotszya „Bizning chinovniklar“, U Voyao „Yigirma yil ichida“, Lyu E. „Lao San sayohati“, Szen Pu „Qahrli dengizdagi gullar“ romanlari bilan mashhur bo‘ldi. Bu asarlarda mamlakat hayotidagi turli yovuzliklar, qarama-qarshiliklar, bosqinchilarning qilmishlari badiiy ifoda qilingan edi.
Naturalizm
Naturalizm adabiyotni badiiy yangilashda
inqilob yasadi. O‘sha davr hayotini o‘tkir badiiy bo‘yoqlarda tasvirlagan bir guruh san’atkorlar o‘zlarini naturalistlar deb atadilar. Ularning yirik namoyandalaridan biri fransuz yozuvchisi Emil Zolya Fransiyadagi barcha sinflar va ijtimoiy guruhlarning mavqeyini, turmush tarzini va psixologiyasini ko‘r- satishni oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Emil Zolyaning 20 jildlik „Ru- gon-Makkarlar“ asari Ikkinchi imperiya davridagi bir oilaning hayoti va ijtimoiy tarixiga bag‘ishlanadi. „Jerminal“ va „Òor-mor“
romanlari uning ijodining cho‘qqisi hisoblanadi.
Italiyada naturalizm namoyandalaridan Luiji Kapuana va Jo-
vanni Vegalarni ko‘rsatish mumkin. Ular o‘z asarlarida Janubiy Italiyadagi qashshoqlikni, unga qarshi kurashuvchilarni badiiy mahorat bilan aks ettirdilar. Amerika naturalistlaridan Stiven Kreyn
152
„Jasoratning qonli belgisi“, Frenk Norris „Girdob“ asarlarida juda katta ijtimoiy masalalarni ko‘tarib chiqdilar.
Dekadentlik dastlab fransuz adabiyotida yaqqol namoyon bo‘l- gan. „La’nati shoirlar“ deb nom olgan P. Verlen, A. Relebo, S. Mallorme kabi shoirlar yetakchilik qilgan simvolizm oqimiga dekadentlik nihoyatda kuchli ta’sir etgan.
Demokratik adabiyot — hukmron tabaqalar manfaatiga emas, xalq manfaatlariga, uning kelajagiga xizmat qiluvchi, kishilarni kelajakka ishonch ruhida tarbiyalovchi, voqelikni haqqoniy aks
ettiruvchi adabiyot.
Dekadentlik (lotincha—tanazzul) — Yevropa madaniyatidagi inqiroz holatini umumiy tarzda ifoda etuvchi tushuncha. Òanazzulga yuz tutishlik, umidsizlik kayfiyati, hayotdan bezishlikni o‘zida aks ettiruvchi oqim.
Savol va topshiriqlar
1. Òanqidiy realizm adabiyoti qay tariqa vujudga keldi?
2. Demokratik adabiyotning o‘ziga xos xususiyatlarini qayd eting. 3. Adabiyotdagi naturalizm va dekadentlik, tanqidiy realizm oqim-
larini taqqoslang.
4. XIX asr oxiri — XX asr boshlari jahon adabiyotining yirik
namoyandalari ijodi haqida nimalarni bilib oldingiz?