Aniq va tabiiy fanlar rivoji XIX asr oxiri va XX asr boshlari

XIX asr oxiri va XX asr boshlari — hozirgi zamon tabiat ilmining taraqqiy etishidagi eng muhim davrlardan biri. Tabiat to‘g‘-
risidagi fanlarning har xil sohalarida inqilobiy kashfiyotlar qilin- gan, olam to‘g‘risidagi eski tasavvurlarning ildiziga bolta urilgan davrdir.
Bu davrda tabiat ilmining taraqqiy etishi ayrim mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy raqobatning kuchayishi va dunyoning yangi hududlariga iqtisodiy jihatdan kirib borishga intilishi bilan bog‘- langandir.
Tabiat to‘g‘risidagi aniq fanlar bu davrda ham keng ko‘lamdagi tajriba asosida rivojlandi va, o‘z navbatida, bu amaliy tajribani yangi ilmiy kashfiyotlar nuri bilan boyitdi.
Ko‘rib o‘tilayotgan davrdan fan yanada ixtisoslashtirildi va fan- ning yangidan yangi maxsus sohalari maydonga keldi. Ilgarigi ayrim olingan fanlar o‘zaro birlashdi. Jumladan, fizika bilan kimyo chegarasida mustaqil fizika-kimyo paydo bo‘ldi. Bu davrda qilingan kashfiyotlar XX asrning ikkinchi yarmidagi fan-texnika inqilobiga (FTI) yo‘l ochib berdi. Bilimlarning yangi tarmog‘i — texnika fanlari vujudga keldi. Ular, asosan, o‘tgan davr ilmiy yutuqlari
140

negizida ishlab chiqarishni takomillashtirish muammolari bilan shug‘ullanar edi.
Fanning taraqqiy etishi olamning birligi haqidagi g‘oyani ilgari surdi va, ikkinchidan, olam to‘g‘risidagi bilimlarimiz nisbiydir, degan konsepsiyaga olib keldi.
Matematika, kimyo, fizika
Matematika sohasida buyuk kashfiyotlar rus olimi N.I. Lobachevskiy, italyan olimi Y. Beltrami, Avstriya matematigi D. Gilbert
va boshqa olimlarning nomlari bilan bog‘liqdir. Rus olimi N.Y. Jukovskiy 1904-yilda shunday kashfiyot qildiki, bu kashfiyot hozirgi zamon aerodinamikasining taraqqiyoti uchun asos bo‘ldi. Bu qanotning ko‘tarish kuchini aniqlash formulasi edi.
1895-yilda nemis olimi V. Rentgen turli predmetlarni turli darajada teshib o‘ta oladigan ko‘zga ko‘rinmas nurlar mavjudligini aniqladi. Elektromagnit to‘lqinlarining bu nuri „Rentgen nurlari“ degan nom oldi. Bu nurlardan tibbiyot va texnikada keng foyda- lanila boshlandi. V. Rentgenga Nobel mukofoti berildi.
Har ikkala holda ham nur chiqarish uchun impulslar sun’iy ravishda berilar va odam istagan daqiqada radiouzatgich yoki Rentgen apparatining ishini to‘xtatib ish jarayoni uchun energiya olar edi. Lekin bu nurlanishning fizik tabiati qanday? U modda- ning tuzilishi bilan qanday bog‘langan? Bu savollarga faqat moddaning eng mayda zarralarini tekshirish yo‘li bilangina javob berish mumkin edi. Atomlar ana shunday zarralar edi. Ularni yanada chuqurroq o‘rganishga rus olimi D.I. Mendeleyev asos soldi. U 1869-yildayoq barcha kimyoviy elementlarning atom og‘irliklari o‘rtasidagi bog‘liqlik mavjudligini kashf etdi va munta- zam davriy sistemani yaratdi, bu sistema uning nomi bilan ataldi.
Atomning ichki strukturasiga kirib borish nurlanishni o‘rganish bilan bog‘liq edi. Fransuz fizigi A. Bekkerel bu hodisani o‘rganar ekan, uran atomlari yaqin joyda turgan jismlardan o‘tib ketadigan nurlarni o‘z-o‘zidan chiqarishini aniqladi. Navbatdagi qadamni Pa- rijda M. Sklodovskaya-Kyuri tashladi. Tajribalar jarayonida u o‘z- o‘zidan nur chiqarish faqat uran atomlarigagina xos emas, degan xulosaga keldi. Muayyan atomlarning bu xususiyatini u radio- aktivlik deb atadi. U eri — atoqli fransuz fizigi P. Kyuri bilan birgalikda ba’zi radioaktiv elementlar uranga qaraganda intensivroq nur chiqarishini isbot qilishga muvaffaq bo‘ldi. Er-xotin Kyurilar ikkita ana shunday elementni ajratishga muvaffaq bo‘ldilar. Bu elementlar poloniy (M. Sklodovskaya-Kyurining vatani sharafiga, chunki u Polshadan edi) va radiy (ya’ni nurlanuvchi) deb ataldi.
141

Olimlar atom moddaning eng mayda zarrasi emasligiga ishonch hosil qila bor- dilar. XX asr boshlarida birinchi mikro- zarra — elektron kashf etildi. Ko‘p o‘t- may radioaktiv elementlar parchalangan vaqtda xuddi ana shu elektronlar ajralib chiqqanligi ma’lum bo‘ldi. Ingliz fizigi E. Rezerford hamma atomlar og‘ir yadroga ega ekanligini isbotladi. U atomning planetar modelini yasadi, bu modelda yad- ro („quyosh“) atrofida elektronlar („pla- netalar“) aylanar edi.
Daniyalik fizik N. Bor tuzatish kiritdi, ya’ni uning modelidagi elektronlar bir orbitadan ikkinchisiga sakrab o‘tib, bunda energiya porsiyasini (kvant) chiqaradi. Bu klassik Nyuton fizikasi bilan tamomila ajralish edi va klassik fizikaning qonunlari mikrodunyo uchun to‘g‘ri kelmay
qolganligini ko‘rsatardi.
Ayni vaqtda fazo bilan vaqtning o‘zaro nisbati to‘g‘risidagi
ilmiy tasavvur ham o‘zgarib bordi. 1905-yilda nemis olimi A. Eynshteyn nisbiylik nazariyasining asosiy g‘oyalarini e’lon qildi. Jismlarning kattaligi va vaqtning uzunligi nisbiydir, deb isbot qildi u, fazo bilan vaqtning xususiyatlari moddiy obyektlarning hara- katiga bog‘liqdir. Tezlik yorug‘lik tezligiga yaqinlashib borganida vaqtning kechishi sekinlashadi, jismlarning kattaligi qisqaradi.
Biologiyada ham tub siljishlar yuz bermoqda edi. G. Men- delning ba’zi irsiyat qonunlarini kashf etishi yangi fan—genetikaning rivojlanishiga asos soldi. Shu davrda fikrlashning moddiy negizlarini bilish sari dastlabki qadamlar qo‘yildi. Rus fiziologi I.P. Pavlov inson xatti-harakatining negizida bosh miya qobig‘ida yuz beradigan moddiy fiziologik jarayonlar yotishini isbotladi. Binobarin, fikrlash jarayoni yuksak darajada tashkil topgan materiyaning alohida xususiyatidir.
Organik sintez sohasida g‘oyat katta muvaffaqiyatlarga erishildi. V. Grinyar 1900-yili xilma-xil organik moddalarni sintez qilish usulini kashf etdi. P.Grissning diazotlash reaksiyasini kashf etishi azotli bo‘yoqlar deb atalgan bo‘yoqlarning katta bir sinfini hosil qilishga imkon berdi.
Bo‘yoqlarni sintez qilish sohasidagi ishlar dorilar ishlab chi- qarishning rivojlanishiga yordam berdi. Kimyoviy jarayonlarni tekshirishga termodinamikaning tatbiq etilishi natijasida, kimyoviy
142
Albert Eynshteyn.

termodinamika paydo bo‘ldi. 1887-yili shved olimi S.Arrenius elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasini yaratdi. 1881-yili M.G. Ku- cherov esa gidratlanish reaksiyasini kashf etdi.
Tabiatshunoslik
Nemis olimi Ò. Shvan tomonidan
qilingan, barcha organizmlarning hujayrali tuzilishi haqidagi kashfiyotlar tabiatshunoslikning ilmiy asosini mustahkamlashga xizmat qildi. Buyuk ingliz tabiatshunos olimi Charlz Darvinning (1809—1882) „Òurlarning kelib chiqishi“ asarining nashr qilinishi fanda to‘ntarish yasadi. XIX asrning so‘nggi choragini darvinizmning tarqalish va qaror topish davri deyish mumkin. Darvin ta’limoti biologiya sohasidagi tadqiqotlarning yo‘na- lishini tubdan o‘zgartirib yubordi. Dunyo bo‘ylab qilingan besh yillik sayohat davrida to‘plangan ulkan botanik va zoologik materiallarni umumlashtirish asosida Ch. Darvin butun tirik tabiat, shu jumladan, odam ham evolutsiya (uzoq rivojlanish) jarayonining
mahsulidir, degan xulosaga keldi.
Mikrobiologiya
Mikrobiologiya fanidagi inqilobiy o‘zga-
rish fransuz mikrobiologi va kimyogari, hozirgi zamon mikrobiologiya va immunologiya fanining asoschisi Lui Paster (1822—1895) nomi bilan bog‘liq. U bijg‘ish jarayonini o‘rganib, vino, pivo va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish sa- noatiga ilmiy asos soldi. Mahsulotlarning achish jarayoni mikroblar keltirib chiqaradigan biologik jarayon ekanligini isbotladi. Uning kashfiyotlari vino pishiruvchilarni xonavayron bo‘lishdan qutqardi. Pasterning tajribalari turli oziq-ovqat mahsulotlarini sterillash va pasterlash usullarini yaratish uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Buyuk olim odam, hayvon va parrandalarning yuqumli kasallik- lari — kuydirgi, quturish, vabo va boshqalarni o‘rganib, ularning (ayniqsa, quturishning) oldini oluvchi emlash usullarini yaratdi. Uning izlanishlari immunitet haqidagi fanning yaratilishi uchun
asos bo‘ldi.
Tibbiyot
Shu davrda tibbiyot fani ham katta yutuq-
larga erishdi. 1880-yilda nemis olimi K. Eber ichterlama, 1884-yilda F. Lyofler bo‘g‘ma tug‘diruvchi mikrobni topdilar. Nemis olimi R. Virxov (1821—1902) hozirgi zamon patologik anatomiya asoslarini yaratdi. 1875-yilda rus olimi F.A. Lesh amyoba dizenteriyasini tug‘diruvchi mikrobni aniqladi. Fizika sohasidagi kashfiyotlar ham tibbiyotga yordam berdi. Maksvellning elektromagnit to‘lqinlari haqidagi nazariyasidan kelib
143

Vilgelm Rentgen.
chiqib, nemis fizigi Vilgelm Konrad Rentgen (1845—1932) har xil buyum; narsalardan turlicha o‘tuvchi ko‘rinmas nurlarni kashf etdi. Nurlarning kelib chiqishi olimga ma’- lum emasdi va ularni „X nurlar“ deb atadi. Ana shu kashfiyotga asoslangan va olimning nomi bilan „Rentgen“ deb atalgan apparat yaratildi. Endi shifokorlar ichki jarohatlarni, suyak sinishlarini ko‘rishlari mumkin edi. Bu kashfiyot uchun fiziklar orasida birinchi bo‘lib Rentgenga Nobel mukofoti berildi.
Kimyo sohasidagi kashfiyotlardan ham tibbiyotda unumli foydalanildi. Sovun olish- ning sanoat usulini egallash, undan kasal- xonalarda, ayniqsa, jarrohlar tomonidan
foydalanish operatsiyalar paytida infeksiya xavfini kamaytirdi. Yuqumli kasalliklarga qarshi kurash ishiga sil kasalligini kel- tirib chiqaruvchi batsillani kashf qilgan nemis olimi Robert Kox (1843—1910) ulkan hissa qo‘shdi. U epidemiyalarga qarshi profilaktik choralarni ishlab chiqdi va dori-darmonlar yaratdi. Rus olimi, Nobel mukofoti laureati I. Mechnikov esa organizmlarni
mikroblardan himoya qilish haqida yangi ta’limot yaratdi.
Ilm (arabcha) — kishining o‘qish, o‘rganish va hayotiy tajribasi orqali orttirgan bilimi.
Fan (arabcha) — to‘g‘riligi amalda tasdiqlangan, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini ochib beruvchi hamda atrof-muhitga ta’sir ko‘r- satuvchi bilimlar tizimi.
Sterilizatsiya (lotincha—toza) — tibbiyot va biologiyada turli mod- dalar, bog‘lov materiallari, oziq-ovqat mahsulotlarini zararli mikro- organizmlardan butunlay tozalash.
Pasterlash (muallif shaxs Paster nomidan olingan) — zararli mikroorganizmlarni o‘ldirish uchun suyuqlikni 60°—80°C gacha qizdirish va ularni tezda sovitish.
Batsilla — kasallik qo‘zg‘atuvchi va tarqatuvchi mikroorganizm (mikrob—tayoqcha).

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *