Moddiy ishlab chiqarishda texnika va fan taraqqiyoti
o‘sganligi va jamiyatning ehtiyojlari ort- ganligi tufayli transport, elektr, binokorlik, metallurgiya, mashi- nasozlik va boshqa sohalarda yirik kashfiyotlar qilindi. Dunyo mamlakatlarida temiryo‘llarning ko‘payishi natijasida parovozsoz- likda yirik o‘zgarishlar bo‘ldi. Sodda va kuchsiz bo‘lgan bug‘ ma- shinalari o‘rniga ichki yonuv dvigateli va elektr dvigatellari yara- tildi. Elektr dvigatelidan dastavval transportda foydalanildi. 1895- yildan Buyuk Britaniya va AQSHning yirik shaharlarida tramvay ishlatila boshlandi. Temiryo‘llarni elektrlashtirish sohasida tajribalar o‘tkazildi. Kemalar qurilishida po‘lat keng ko‘lamda ishlatila
boshlandi.
Elektr
yoritgichlarga bo‘lgan talabini yil sayin oshirib bordi.
1876-yilda rus olimi P.N. Yablochkov „elektr shami“ deb atalgan lampani ixtiro qildi. Amerikalik ixtirochi T. Edison havosi
so‘rib olingan ko‘mir tolali cho‘g‘lanish lampasini yaratdi. Nyu-Yorkda Edison qurgan birinchi issiqlik elektr stansiyasi
yuzlarcha iste’molchilarni energiya bilan ta’minlay boshlagan.
Binokorlikda metall va oynadan foydalanish
Binokorlik sohasida katta o‘zgarishlar yuz berdi. Endi metall va oynalardan keng foydalaniladigan bo‘lishdi. Shu sababli
Elektr sanoati yuksak darajada taraqqiy
qilgan mamlakatlar tez rivojlandi. Sanoat- ning rivojlanishi fabrika, zavod, savdo joylari va idoralarning sun’iy
banklar, fabrikalar, bozorlar, savdo do‘konlari, vokzallar, uy- joylar, katta mehmonxonalar qurila boshlandi.
136
Qurilish ishida sement katta aha- miyatga ega bo‘ldi. Bu davrda yangi qurilish materiali — temir-beton paydo bo‘ldi. Temir-betonni fransuz bog‘boni Monye ixtiro etgan deb hisoblanadi. U temir-betondan katta gultuvaklar tayyor- lagan.
Yangi materiallar — temir-beton,
metall va shishalarning ko‘plab ishlatilishi
binolar arxitekturasiga ham ta’sir ko‘r-
satdi. 1889-yilda Parijdagi Jahon ko‘r-
gazmasi uchun fransuz muhandisi Eyfel
o‘sha davrda g‘oyat katta — faqat metall-
dan yasalgan, balandligi 300 metr bo‘l-
gan minora qurdi. Bundan keyinchalik Amerikada balandligi 400 metrgacha bo‘lgan osmono‘par binolar qurilishida foydalandilar.
Temiryo‘l tunnellari ochish va temiryo‘l ko‘priklari qurish texnikasi juda o‘zgarib ketdi. 1880-yilda Alp tog‘laridagi mashhur Sen-Gotard dovoni ostida 15 kilometrlik tunnel qurildi.
Bu davrga kelib gidroqurilish texnikasi ham o‘zgarib ketdi. Atlantika okeani bilan Tinch okeanni bir-biriga tutashtiruvchi Panama kanali 1914-yilda qurib bitkazildi.
Albatta, metallurgiya sanoatini rivojlan-
Metallurgiya
olishning ammiak usuli joriy etildi.
1886-yilda elektrolit yo‘li bilan aluminiy ajratib olindi. XX asr
boshida L. Bakeland (Belgiya) plastmassa olish yo‘lini topdi.
Bu davrda mashinasozlik keng rivojlandi. Metall kesish jarayo- nini ilmiy jihatdan tekshirishga rus olimi I.A.Time asos soldi. Elektr bilan payvandlash usulini dastlab 1867-yilda amerikalik
elektrotexnik Tomson qo‘llagan edi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida sa-
noatning muhim tarmoqlaridan biri — neftni qayta ishlash sanoati vujudga keldi. Ichki yonuv dvi- gatellarining taraqqiy ettirilishi bilan benzin olish muammosi paydo
tirmasdan turib yuqorida aytilgan qurilish ashyolarini tayyorlab bo‘lmas edi. Metall eritish texnikasi tako- millashdi. Metallurgiyada avtomatlashtirishni nemis olimi R. Kirxgof yaratdi. Pechlarning sig‘imi oshdi. Cho‘yanni po‘latga aylantirish masalasi hal qilindi. Sanoat uchun zarur bo‘lgan sulfat kislota ishlab chiqarishda yangi texnologiyalar paydo bo‘ldi. Sun’iy soda
Neftni qayta ishlash
Tomas Edison.
137
A.S. Popov.
bo‘ldi. Benzin bilan ishlaydigan yengil dvigatellar yaratish sohasida nemis oli- mi G. Daymler katta yutuqlarga erishdi. U avtomobil, motorli qayiq, mototsikl- ga o‘rnatiladigan dvigatellarni yaratdi. Daymler yaratgan ikki silindrli dastlabki dvigatellarning quvvati 34 ot kuchiga teng bo‘lgan.
1897-yilda R. Dizel yonilg‘i siqilganda o‘z-o‘zidan alangalanib ketadigan yangi dvigatel yaratdi. Birinchi aeroplanlarni yaratishda rus ixtirochisi A.F. Mojayskiy, ingliz konstruktori G. Filiðps, fransuz ixtirochisi K. Aderlar katta hissa qo‘sh- dilar. 1903-yilda aka-uka Uilber va Orvill
Raytlar samolyotda uchdilar. Raqamli hisoblash mashinalarini Charlz Bebbij (Angliya), tikuv mashinalarini dasturlashtirishni Jozef Mari Jakkard (Fransiya), samolyotlarni avtomatik bosh- qarishni L. Sperri (AQSH), raketaplanni N.I. Kibalchich (Rossiya) yaratdilar.
Radiotelefon
Texnika sohasida qilingan eng buyuk kash-
fiyotlardan biri radioning ixtiro qilinishi bo‘ldi. Nemis olimi G. Gers elektromagnit to‘lqinlari tarqalish faktini jahonda birinchi bo‘lib tajriba yo‘li bilan isbotladi. Rus olimi A. Popov simsiz aloqa uchun elektromagnit to‘lqinlarini chiqarish va qabul qilish usulini topdi hamda kerakli asboblarni (uzatgich va qabul qilgich) yaratdi. Shu tariqa radioga asos so- lindi. Buyuk Britaniyada G. Markoni tomonidan simsiz telegraf
ixtiro qilindi.
XIX asr oxirida texnikaning yangi tarmog‘i — telefon tez
rivojlandi. Shotlandiyada tug‘ilib, Amerikada yashagan texnik A. Bell telefon apparatiga birinchi bo‘lib imtiyoznoma oldi. Telefon boshqa ko‘pgina yangi ixtirolardan farqli o‘laroq, deyarli barcha mamlakatlarda tez rusum bo‘ldi. Dastlabki shahar telefon stan- siyasi AQSHda ishga tushirildi. Shundan so‘ng Parij va Berlinda telefon stansiyalari ochildi.
T. Edison ovoz yozib olish va uni takror eshittirish apparati — fonograf yaratdi. Fonograf asosida grammofon va boshqa mexanik usulda ovoz yozib olish uchun ishlatiladigan asboblar paydo bo‘ldi.
138
XIX asrning oxirlaridan e’tiboran, dunyoni
Harbiy soha
jihatidan tez o‘sishiga sabab bo‘ldi.
O‘sha davrda magazinli (o‘qdonli) tezotar miltiq ixtiro qilindi.
Ammo tutunli porox ishlatilishi bu miltiqning jangovar sifatlarini kamaytirar edi. Magazinli miltiqdan tez-tez otish vaqtida tutun tarqalishiga ulgura olmay, otuvchilarga nishon yaxshi ko‘rinmas edi. Shunday qilib, harbiy ish amaliyoti tutunsiz porox kashf etish vazifasini qo‘ydi.
1884-yilda fransuz olimi Vyelye piroksilinli tutunsiz porox tayyorlashga muvaffaq bo‘ldi. Rossiyada D.I. Mendeleyev fran- suzlardan mustaqil ravishda tutunsiz poroxning sirini topdi. Ko‘pgina mamlakatlarda tutunsiz porox ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Miltiqning takomillashtirilishi va poroxning yaxshilanishi bilan birga, yaxshi qurollangan, ko‘p sonli qo‘shinlarning siquviga qarshilik ko‘rsatuvchi jangovar armiyalar vujudga keldi.
Fransiyada tezotar ko‘chma to‘plarning, shuningdek, par- chalaydigan portlovchi moddalarning paydo bo‘lishi armiyaning jangovar sifatini ko‘tardi.
Yangi portlovchi modda tayyorlash sohasida shvetsiyalik muhandis A. Nobel olamshumul kashfiyot qildi. 1888-yilda Nobel dinamit yaratdi va ko‘p o‘tmay juda boyib ketdi.
Birinchi jahon urushi arafasiga kelib o‘qotar qurollar va artilleriya yanada takomillashdi. Stanokli pulemyot bilan bir qatorda urush davomida ancha yengil qo‘l pulemyotlari ham yaratildi. O‘ta uzoqqa otadigan to‘plar paydo bo‘ldi. Ichki-yonuv dvigateli o‘rnatilgan, zanjirli, zirhli artilleriya bilan qurollangan tank Somma daryosi yonida 1916-yil 15-sentabrda jang sharoitida birinchi marta inglizlar tomonidan ishlatildi. Tank dahshatli jang quroliga aylandi.
XX asr boshlarida soatiga 220 km gacha tezlik bilan uchadigan, uchish balandligi 7000 metrgacha, uchish uzoqligi esa 900 km gacha bo‘lgan samolyotlar qurildi.
Shunday qilib, bu davr ilmiy-texnikaning jadal taraqqiyoti bilan xarakterlanadi.
qayta taqsimlash uchun kurash boshlani- shi munosabati bilan harbiy soha va iqtisod o‘rtasida bog‘lanish chuqurlashdi. Mashinalashtirilgan industriya bir qancha juda mu- him harbiy-texnika yangiliklarini amalga oshirish imkonini berdi. Bu davrga kelib barcha mamlakatlarda dala armiyasi va dala ar- tilleriyasi soni to‘xtovsiz o‘sa boshladi, bu hol piyoda va artilleriya qo‘shinlari uchun qurol-yarog‘ ishlab chiqarishning son va sifat
139
Savol va topshiriqlar
1. XIX asrning 70- yillarida jahonning yirik rivojlangan davlatla- rida texnikaning rivojlanish darajasi nimalarga asoslandi?
2. Qaysi davlatlarda transport va temiryo‘llar eng muhim, strategik ahamiyatga molik tarmoqlar sifatida qaraldi?
3. Rus ixtirochilaridan kimlarni bilasiz? Ular fan rivojiga qanday hissa qo‘shganlar?
4. Samolyotni kim va nima maqsadda ixtiro qilgan? Ilk samolyot nechanchi yilda samoga parvoz qildi?
5. Uzoq masofalarni yaqin qilish maqsadida telefon apparatlari qachondan boshlab ishga tushirilgan?
6. Radioni kashf qilgan ixtirochi kim? Hozirgi kunda radioning o‘rni qanday?