Sun’iy ekosistemalar – bu antropogen ekosistemalardir. Tarixiy rivoj- lanish davomida inson tabiatni o‘z maqsadlari yo‘lida o‘zgartirib borgan. Insonlarning xo‘jalik maqsadlari tabiiy ekosistemalarni antropogen ekosiste- malarga qisman almashishiga olib kelgan – urbanoekosistema, agroeko- sistema, ular insonning xohishlariga ko‘ra yaratiladi, saqlanadi, boshqariladi. Sun’iy ekosistemalar o‘zini o‘zi boshqarmaydi, o‘zini o‘zi tiklay olmaydi va insonning ta’sirisiz uzoq vaqt mavjud bo‘la olmaydi.
Ular faqatgina quyosh energiyasidan foydalanibgina qolmay, inson tomo- nidan beriladigan qo‘shimcha energiya manbalaridan ham foydalanadi. Akva- rium, gul o‘tkazilgan tuvaklar sun’iy ekosistemalarning kichik modellaridir.
Urbanoekosistema – (urbanoekosistema lotinchada «urbs» – shahar) inson tomonidan sun’iy yaratilgan va boshqariladigan ekosistema sanaladi. U insonlar ma’lum bir joyni manzilgohga aylantirishi natijasida paydo bo‘ladi. Bunday ekosistemalarga shaharlar, shaharchalar, qishloqlar misol bo‘ladi.
Urbanoekosistemalar tarkibiga tabiiy komponentlar (yorug‘lik, havo, suv, tuproq, o‘simlik, hayvon, zamburug‘, mikroorganizmlar) va inson tomonidan yaratilgan komponentlar (sanoat korxonalari, arxitektura qurilish obyektlari, transport, dam olish oromgohlari va yashash joylari) kiradi.
Inson tomonidan yaratilgan ikkinchi komponent shahar ekosistemasining biotik va abiotik qismlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pgina yirik shaharlarda havo tarkibida sanoat va avtotransport vositalari chiqindilari, hayvon, o‘simlik turlari sonining kamayishiga sabab bo‘luvchi karbonat angidrid va is gazi miqdori ortgan. Shahar muhitiga antennalar va elektr uzatish tarmoqlari hamda transport vositalari tomonidan keltirib chiqariladigan turli shovqinlar tas’ir ko‘rsatmoqda. Ular yovvoyi hayvonlarni cho‘chitadi, insonlar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shaharlarda o‘stiriladigan o‘simliklar orasida tuproq tarkibida namlik yetishmasligiga va sho‘rlangan tuproqda o‘sish xususiyatiga ega bo‘lgan (terak, soxta kashtan, shumtol, akatsiya, gledichiya va boshqalar), havo tarkibidagi karbonat angidridni o‘zlashtiradigan va havoga kislorod bilan birga kasallik keltirib chiqaruvchi bakteriyalarni nobud qiladigan fitonsidlar ishlab chiqaradigan o‘simliklar ko‘pchilikni tashkil etadi. Shahar hududida
117
o‘sadigan o‘simliklarning asosiy vazifasi organik modda hosil qilish emas, balki havo tarkibini me’yorida ushlab turishdir. Ular o‘zida chang va turli xil zararli kimyoviy mahsulotlarni ushlab qoladi va tabiiy tozalovchi vazifasini bajaradi.
Urbanoekosistemada tarqalgan hayvonlar orasida qushlar (kaptar, chumchuq, qaldirg‘och va boshqalar), kemiruvchilar (kalamush, sichqon, olmaxonlar), hasharotlar (qandalalar, suvaraklar, asalarilar va boshqalar) uchraydi.
Shahar ekosistemasini boshqaruvchi ekologik ixtisoslashgan tashkilotlarning bugungi kundagi vazifasi sanoat korxonalarining ishlab chiqarish texnologiyasini, kommunal va transport sohalarini ekologizatsiyalashtirish hisoblanadi. Energiya sarfini kamaytirish borasida ham bir qancha muammolar o‘z yechimini topib bormoqda. Energiya olishda quyosh batareyalaridan va energiyani nisbatan kamroq sarflaydigan yoritish uskunalaridan foydalanilmoqda. Shu bilan birga suv sarfini kamaytirish, oqova suvlarni tozalash, chiqindilarni kamaytirish va qayta ishlash kabi muammolar mavjud.
Bug‘doyzor G‘o‘za maydoni
118
Olmazor
Paxtazor
33-rasm. Agroekosistemalar.
Agroekosistemalar. Agroekosistemalar (yunoncha – «agros» – dala) insonning qishloq xo‘jaligi sohasidagi faoliyati natijasida yuzaga keladigan sun’iy ekosistemalardir. Bularga dalalar, bog‘lar, tokzorlar, tomorqalar misol bo‘ladi. Agroekosistemalar agrosenozlar deb ham ataladi. Agrosenoz – bu qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olishda foydalaniladigan sun’iy biogeotsenoz- lardir. Ular doimiy ravishda insonlar tomonidan boshqariladi, ular bir yoki bir necha hayvon zotlari va o‘simlik navlarining yuqori hosildorligi bilan ta’riflanadi (33-rasm).
Urbanoekosistemadan farq qilib, agroekosistemalarning asosiy qismini avtotrof organizmlar – o‘simliklar tashkil etadi. Agroekosistemalar faqatgina quyosh energiyasidan foydalanadigan tabiiy ekosistemalardan farq qiladi. Bu ekosistemalarda o‘g‘itlash va sug‘orish ishlari amalga oshiriladi. Agroekosistemalar kerakli mahsulotlarni yetishtirib beradi, mazkur mahsulotlarni tovarga aylantiradi va iqtisodiyot rivojiga zamin tayyorlaydi.
Agroekosistemaning asosiy elementlari quyidagilar hisoblanadi: madaniy o‘simliklar, begona o‘tlar, mikroorganizmlar (masalan, azot to‘plovchi bakteriyalar), yuksak o‘simliklar bilan mikoriza hosil qiladigan zamburug‘lar, tuproqda erkin yashovchi zamburug‘lar, bakteriyalar, suvo‘tlari, tuproqda yashovchi umurtqasiz va umurtqali hayvonlar (34-rasm).
Agroekosistemalarning hosildorligini oshirish uchun ko‘p miqdorda yoqilg‘i, kimyoviy moddalar, texnikadan foydalanish uchun energiya sarflanadi. Ba’zan sarflanayotgan energiya miqdori yetishtirilayotgan mahsulot miqdoridan ortib ketadi. Bu esa iqtisodiy tanglik holatida agroekosistemalarning rentabelligini tushirib yuboradi. Sun’iy yaratilgan
Quyosh energiyasi
Produtsentlar- ning organik moddalari
Konsumentlar- ning organik moddalari
Hosil
Suv, o‘g‘it
Detrit
34-rasm. Agroekosistemalarda moddalar va energiya aylanishi.
119
ekosistemalar inson tomonidan doimiy nazoratni talab etadi. Faqat ayrim turdan iborat maxsus ekosistemadan (masalan, g‘o‘zadan) vaqtinchalik iqtisodiy foyda olish mumkin. Ammo juda katta maydonlardagi g‘o‘za monokulturasi tuproq strukturasining buzilishiga, uning sho‘rlanishiga, zararkunandalarning ko‘payishiga va natijada ekosistemaning buzilishiga olib keladi. Almashlab ekishni qo‘llash, ekologik jamoaga qo‘shimcha tarkibiy qismlarni, masalan, biologik kurashda ishtirok etadigan organizmlar – entomofag (hasharotxo‘r), changlantiruvchi asalarilarni qo‘shish, ekologik sistemaning stabillashuviga yordam beradi.
Cho‘l, o‘tloq, dasht kabi yaylov sifatida foydalaniladigan tabiiy ekosistemalarning mahsuldorligini oshirish uchun serhosil o‘tlar ekish, o‘g‘itlash va tuproqni sun’iy sug‘orish usullaridan foydalanish mumkin. Agrosenozlarning iqtisodiy samaradorligini yanada oshirish uchun ekinlarga ishlov berishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, yangi o‘simlik navlari va ularning duragaylarini yaratishda genetik injeneriya va biotexnologiya usullaridan foydalanish zarur.
Kosmik ekosistemalar. Uzoq safarga mo‘ljallangan kosmik kema ham kichik antropogen ekosistema hisoblanadi. Hozirgi paytda barcha kosmik kemalar hayot uchun zarur bo‘ladigan zaxiralar bilan ta’minlangan. Ularda suv va havoning regeneratsiyasi fizik-kimyoviy usullar yordamida amalga oshadi. Kosmik kemalar hayot uchun zarur barcha abiotik komponentlarni qayta hosil qiluvchi va ularni qayta ishlovchi sistemalar bilan jihozlanadi. Quyida tabiiy va sun’iy ekosistemalarning qiyosiy tavsifi berilgan (3-jadval).
3-jadval
Tabiiy va sun’iy ekosistemalarning qiyosiy tavsifi
Tabiiy ekosistemalar Sun’iy ekosistemalar
Biosferaning evolutsiya jarayonida shakllan- gan birlamchi tabiiy elementar birligi
Biosferaning inson tomonidan shakllan- tirilgan ikkilamchi sun’iy tarkibiy qismi
Tabiiy ekosistemalar evolutsiyasida tabiiy tanlanish asosiy harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi
Agroekosistemalarda tabiiy tanlanish ku- chi inson tomonidan susaytirilgan, asosiy yo‘nalish sun’iy tanlash hisoblanadi
Ko‘plab hayvon va o‘simlik turlaridan tar- kib topgan, bir necha turlarga mansub po- pulatsiyalar hukmronlik qiladigan murak- kab biologik sistema
Bir o‘simlik yoki havvon turi populatsi- yalari hukmronlik qiladigan soddalashgan ekosistema
120
Fitosenozning ekologik xilma-xilligi, o‘z- o‘zini boshqarishi ekosistemaning dinamik muvozanatini ta’minlaydi
Biomassasi tarkibi, mahsuldorlikning tur- g‘unligi doimiy emas
Birlamchi mahsulot konsumentlar yoki re- dutsentlar tomonidan iste’mol qilinadi va davriy aylanishda ishtirok etadi
Mahsulotning ma’lum qismi inson ehtiyoj- larini qondirish maqsadida ekosistemadan chiqarib yuboriladi
Quyosh energiyasini qabul qiladi, o‘zgartiradi, to‘playdi
Faqatgina quyosh energiyasidan emas, inson tomonidan beriladigan qo‘shimcha energi- yadan ham foydalanadi
Unumdor tuproqning hosil bo‘lishini ta’minlaydi
Tuproqning unumdorligini pasaytiradi
Suvni sekin-asta sarflaydi va tozalaydi Suvni sarflaydi, ifloslantiradi
Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling: antropogen ekosistema, agroekosistema, urbanoekosistema, agrobiotsenoz, monokultura.
Bilimlaringizni qo‘llang.
- Agroekosistema va tabiiy ekosistemalarni taqqoslang.
- Agrosenozning biogeotsenozlardan asosiy farqlarini aniqlang.
- Urbanoekosistema biogeotsenozlardan nimasi bilan farq qiladi?
- Qanday maqsadlarda inson agrobiotsenoz va agroekosistemalarni yaratadi? 5. Nima uchun agroekosistemalarda moddalar va energiya almashinuvi to‘liq
emas? - Quyidagilarni tabiiy va sun’iy ekosistemalarga ajrating: okean, tomorqa,
ko‘l, daryo, bog‘, tropik o‘rmon, bug‘doyzor.
O‘z fikringizni bildiring.
O‘zini o‘zi boshqarish va tiklash xususiyatiga ega
Doimiyligini saqlash va tiklash uchun ko‘p kuch sarflanadi