Tropik* va Janubiy Afrika mamlakatlari

Tropik* va Janubiy Afrika mamlakatlari
3. Misr xalqining milliy-ozodlik kurashi haqida nimalarni bilib oldingiz?
4. Mahdiylar qo‘zg‘oloni haqida so‘zlab bering.
Tropik va Janubiy Afrika haqida
XIX asrning oxirgi choragida Afrikada mustamlaka bosqini yanada kuchaydi. Janubdagi qazilma boyliklarga boy yerlarda
70-yillarda olmos va 80-yillarda oltin konlarining topilishi yevro- paliklarning „oqib kelishlarini“ yanada tezlashtirdi. Janubiy Afrikani mustamlaka qilishda Buyuk Britaniya asosiy rol o‘ynadi. Ko‘p o‘tmay, bu yerga Germaniya ham kirib kela boshladi. Mozambik va Angola kabi yerlarni birlashtirishni portugallar o‘z rejalariga kiritdilar. Asosiy mustamlaka o‘choqlaridan biri — Burlar Res- publikasi (Transvaal va Oranj mustaqil respublikalari) bo‘lib qoldi. 70-yillardan boshlab, Buyuk Britaniya o‘z mustamlakalarini bir- lashtirib, federatsiya tuzishga urindi. Burlar bu fikrga qo‘shilma- gach, Buyuk Britaniya 1877-yilda Transvaalni bosib oldi, Zulu- lendni ham o‘ziga qarashli mustamlaka deb e’lon qildi.
G‘arbiy va Sharqiy Afrika uchun kurash
G‘arbiy Sudan, Senegal va Nil daryosi havzasi XIX asr oxiri — XX asr boshla- rida Fransiya, Gollandiya va Buyuk Brita-
niya o‘rtasida raqobat maydoniga aylandi.
1892-yilda Fransiya G‘arbiy Sudanni bosib oldi. G‘arbiy
sudanliklarning ozodlik kurashida Samori Ture nomi yorqin iz qoldirdi. U atoqli lashkarboshi va siyosatchi edi.
Fransuzlar 1898-yildagina uni taslim eta oldilar. Asir olingan Samori Gabonga surgun qilindi va o‘sha yerda vafot etdi. 1900- yilda Chad ko‘li atrofi bo‘ysundirildi. 1904-yili esa Gvineya ko‘rfazi bo‘ylari ham Fransiyaga tobe etildi. Unga Fransiya Gvineyasi deb nom berildi.
Buyuk Britaniya, Fransiyadan keyin Belgiya ham Afrika yerlari uchun kurashga qo‘shildi. 1883-yilda Kongo havzasidagi yerlar Belgiya mustamlakasi deb e’lon qilindi.
Ko‘p o‘tmay yevropaliklar Sharqiy Afrikaga ham kirib kela boshladilar. Nil daryosi boshlanish havzalarini ilmiy o‘rganish baho- nasi bilan yevropaliklar Buganda mamlakatini ochishdi. 1894-yili
*Tropik Afrika deganda Markaziy Afrika tushuniladi. 120

XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Afrika davlatlari.
121

Buganda Buyuk Britaniya tomonidan tuzilgan Uganda protektorati tarkibiga kiritildi.
Zanzibar arab sultonligi ham qul savdosiga qarshi kurash bahonasi bilan nemislar, fransuzlar va inglizlar tomonidan bo‘lib olindi. XIX asr oxirida Buyuk Britaniya Bunoro davlatini bosib oldi.
XX asr boshlarida G‘arbiy Afrikaning Gambiya, Syerra-Leo- ne, Oltin Qirg‘oq, Nigeriya, Senegal, Fransiya Gvineyasi, Fil Suyagi Qirg‘og‘i, Dagomeya — Fransiyaning; Togo, Kamerun— Germaniyaning; Gvineyaning bir qismi esa Portugaliyaning mus- tamlakasi edi. Yevropa mustamlakachilari turli boshqaruv tizimlari joriy qilishdi. Buyuk Britaniya mahalliy boshqaruv tizimlarini saqlab, ularni o‘z manfaatlariga bo‘ysundirdi. Fransiya esa o‘z mus- tamlakalarida eski mahalliy boshqaruvni buzib tashlab, Fransiya- ga mos bo‘lgan tartiblarni joriy etdi.
G‘arbiy Afrikada mustamlakalar uchun kurashda Gollandiya, Belgiya, Portugaliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va nihoyat AQSH manfaatlari to‘qnashdi. Belgiya qiroli Kongoni ilmiy o‘rganish assotsiatsiyasini tuzib, uning soyasida ustalik bilan ish olib bordi. Bora-bora u Belgiya mustamlakasiga aylandi. Kongoning bir qismi Fransiyaga, yana bir qismi esa Portugaliyaga tegdi.
Janubiy Afrikada dunyoning eng yirik ol-
mos konlari mavjud edi. Ingliz olg‘ir (ud- daburon) siyosatchisi Sesil Rods „De Rods“ kompaniyasini tuzib,
olmos konlarini o‘z qo‘liga kiritdi.
1887-yilda Transvaal oltin va mis konlari ochildi. Sesil bu kon-
larni ham egalladi. Uning tashabbusi bilan „Britaniya-Janubiy Afrika imtiyozli kompaniyasi“ tuzildi. Kompaniya „Keyptaundan Qohiragacha Buyuk Britaniya mustamlakasi bo‘lishi kerak“, degan ma’noda bosqinchilik harakatlariga ruxsat oldi. Tez orada, Shimo- liy Rodeziyada ingliz protektorati o‘rnatildi. Buyuk Britaniya bur- larga qarshi yangi urushga tayyorlandi. 1899-yilda ingliz — bur urushi boshlandi. 1902-yili Bur Respublikalari (Transvaal va Oranj) Britaniya mulklari tarkibiga qo‘shib olindi.
1910-yili Buyuk Britaniya mustamlaka hududlari bo‘lgan Transvaal, Oranj, Natal, Kapni „Janubiy Afrika Ittifoqi“ nomi ostida birlashtirdi.
122
Janubiy Afrika
Madagaskarning egallanishi
Hind okeanining g‘arbida, Afrikaning ja- nubi-sharqiy qirg‘og‘i yaqinida joylashgan bu orol buyuk davlatlar mustamlaka siyosa- tida alohida o‘rin tutdi.

1883-yili Fransiya Madagaskarga urush e’lon qildi. 1885-yili bu urush tomonlar uchun noteng bitim bilan yakunlandi. Fran- siya Madagaskar ustidan protektorat o‘rnatdi va uning tashqi siyosatini nazorat qiladigan bo‘ldi. 1896-yilda esa Fransiya Mada- gaskarni o‘z mustamlakasi deb e’lon qildi.
Zuluslar
aylandi.
Somali va Efiopiya
Buyuk Britaniya zuluslarni bo‘ysundirish
uchun shafqatsiz urush olib bordi. Zulus- lar hukmdori Ketchvayo 1879-yilda uch to‘qnashuv davomida inglizlarning 20 ming kishilik qo‘shinini yakson qilib tashladi. Lekin, oxir-oqibatda Buyuk Britaniya to‘plar yordamida ustun keldi va Zululend yerlarini egallab, uni 13 ta mayda hokimlikka bo‘lib tashladi. Zululend hokimliklarini o‘zaro urushtirib, o‘z foydasiga ish ko‘rish inglizlar hukmdorlariga xos xususiyatga
Efiopiya va Somali 1869-yili Suvaysh ka-
nali ochilishi tufayli alohida savdo-iqtiso- diy va harbiy-strategik ahamiyatga ega bo‘lib qoldi. Bu hol mustam- lakachilarni befarq qoldirmadi. Bundan sal oldin, 1867-yili inglizlar Efiopiyaga qarshi urush qilib, podsho („negus“ deb atalgan) Feodor II ning birlashtiruvchi siyosatiga putur yetkazdi. Turli dinlar o‘rtasida nizo tufayli Feodor II ga qarshi bo‘lgan ruho- niylardan foydalanib, inglizlar habash qo‘shinlarini tor-mor qi- lishdi. Feodor II o‘zini o‘zi o‘ldirdi. Hokimiyat tepasiga ingliz- parast kuchlar o‘tqazildi. Biroq, inglizlar Efiopiya xalqining qattiq qarshiligiga uchrab, mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo‘lgan. 1889—1913-yillarda Qizil dengiz bo‘yi va Somali yarimoroli Buyuk
Britaniya, Fransiya, Italiya o‘rtasida taqsimlab olindi.
Efiopiyada Italiya o‘z mustamlaka rejalarini yuzaga chiqarishga urindi. Biroq, bunga erisha olmadi. Efiopiya o‘z mustaqilligini saq-
lab qoldi.
Gerero va namalar
saqlashga majbur bo‘ldi.
Nama qabilalari ham qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Namalarning
qo‘zg‘oloniga Xendrik Vitboy boshchilik qildi. Vitboy nama qabila- 123
Janubiy Afrikaning shimoli-g‘arbiy qismi
1883-yildan boshlab Germaniya tomoni- dan bosib olina boshlandi. Mahalliy gottentot va gerero qabilalari rezervatsiyalarga quvildi. Qolganlari nemis mustamlakachilariga qul bo‘lib qoldi. 1904-yil barcha gerero qabilalari ozodlik uchun Samuil Magarero boshchiligida bosqinchilarga qarshi qo‘zg‘olon boshla- dilar. Biroq, bu noteng kurashda qo‘zg‘olonchilar tor-mor etildi. Gererolardan tirik qolganlari mamlakat shimoliga qochib, jon

larini birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq, u 1905-yilgi jangda halok bo‘ldi. Uning o‘limidan keyin ham namalar kurashni yana ikki yil davom ettirdilar. Lekin, zamonaviy nemis texnikasi ustunligi o‘z kuchini ko‘rsatdi. Germaniya bosqinchilari 200000 dan ortiq namalardan 140 mingini qirib tashladilar. Germaniyaga qarshi Shar- qiy Afrikaning janubi va markazida (Tanganika) 1905-yilda ozodlik uchun boshlangan qo‘zg‘olon ikki yildan ortiq davom etdi. Nemis qo‘shinlari 120 ming afrikalikni qirib tashlab, qo‘zg‘olonni bos- tirdilar. Bu hududda necha asrlardan buyon yashab kelgan katta- katta qabilalar tamomila yo‘q bo‘lib ketdi.
Savol va topshiriqlar
1. Janubiy Afrika nega buyuk davlatlar manfaatlarining to‘qnashuviga sabab bo‘lgan?
2. G‘arbiy Afrikada qaysi buyuk davlatlar manfaatlari to‘qnashgan? 3. Sharqiy Afrika qaysi buyuk davlatlar o‘rtasida taqsimlab olindi? 4. Buyuk Britaniya va Bur Respublikalari o‘rtasidagi urush qanday
natija bilan tugagan? So‘zlab bering. 5. Gerero va namalar kimlar edi?

Chavandozlar! Qani, otlaning darhol, Barchaga yetarli o‘q-dori, qurol.
Aslo ikki qilmang sardorning so‘zin, Tunda yo‘l bosing-u, tongda o‘q uzing. G‘aflatda qoldiring dushmanni har kez, Lekin chekinmoqni o‘ylamang hargiz. Dunyoda bo‘lmagan, bo‘lmaydi hech ham, G‘alaba ta’midin shirinroq bir ta’m.
Xendrik Vitboy

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *