Xalq ta’limi. Gumanitar fanlar. San’at

Xalq ta’limi. Gumanitar fanlar. San’at
Òexnika taraqqiyoti yuqori saviyali muta-
xassis va ishchilarga bo‘lgan ehtiyojni ku- chaytirib yubordi. Rivojlangan mamlakatlarda 12—13 yoshgacha bo‘lgan bolalarni umumiy majburiy va bepul o‘qitish joriy qilindi.
Bu omil aholi savodxonligining oshishiga olib keldi.
Imtiyozli o‘quv yurtlari tarmog‘i kengaydi. Biroq xalqning asosiy qismi qashshoq yashaganligi, yomon uy-joy sharoitlari, bolaligidan tirikchilik uchun pul topish zarurligi bir qator mam- lakatlarda ko‘plab bolalarni o‘qishni oxiriga yetkazmasdan maktabni
tashlab ketishga majbur qilardi.
Ayni paytda, ta’lim sohasidagi salbiy jihatlarni ham ko‘rmaslik
mumkin emas edi. Chunonchi, ba’zi mamlakatlarda yoshlarni millatchilik, irqchilik ruhida tarbiyalashga e’tibor berilgandi.
Xususan, Amerika Qo‘shma Shtatlarida xalq maorifi tizimi irqchilik ruhida edi. Qora tanlilarning bolalari uchun alohida maktablar ochilgan bo‘lib, bu maktablarda oq tanlilarning bolalari uchun tashkil etilgan maktablardagiga qaraganda kam hajmda bi- lim berilar edi. Mamlakatda hukm surayotgan irqchilikka qarshi kurash masalasi Garriyet Bicher-Stouning „Tom tog‘aning kul- basi“ asarida o‘z ifodasini yaqqol topdi.
Bu davrda Sharqda xalq ta’limi sohasida G‘arbning yutuqlari tashviq qilina boshlandi. Yevropa ta’siri kuchaydi.
Xalq ta’limi
10 — Jahon tarixi, 9- sinf
145

XX asr boshlariga kelib, jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan tabiiy fanlarning jadal rivojlanishi, texnikaning yanada ildam taraqqiyoti diniy xurofatlardan xoli bo‘lgan ilmiy dunyo- qarashning mavqeyi mustahkamlanishi uchun sharoit yaratdi. Gumanitar fanlarda, birinchi navbatda, falsafa, iqtisodiyot naza- riyasi, adabiyot va sotsiologiyada realistik voqelikni aks ettiruvchi asarlar yuzaga keldi. Bir qator olim va yozuvchilar insonlarning yaxshi yashashi uchun, demokratiya, tenglikni ta’minlovchi ja- miyatni barpo qilish maqsadida shunga intiluvchi g‘oyalarni ifo- dalovchi va ulug‘lovchi asarlarni yuzaga keltirdilar. Lekin, qanday qilib bo‘lsa ham boylik to‘plashga harakat qilishni tasvirlovchi asar- lar ham paydo bo‘ldi.
Bu davrda madaniyat, adabiyot va san’atning demokratik asosda rivojlanishi uchun sharoit yaratildi. Ayniqsa, bu narsa adabiyotda yaqqol o‘z ifodasini topdi. Shu sababli tanqidiy realizm va natu- ralizm yuzaga keldi.
Òarixchilar insoniyat taraqqiyotining turli davrlari haqida juda katta ashyoviy dalillar to‘pladilar. Bu davrda ham azaliy kurash — yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurash—mafkuraviy, g‘oyaviy hayotning asosini tashkil qildi.
Gumanitar soha olimlari XX asr boshida ro‘y berayotgan yangi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o‘rganishni kuchaytirdilar.
Falsafa va mustam- lakachilik g‘oyalari
Bu davrda falsafa fani ham rivojlanib, davr- ga moslashdi. Ilgari ma’rifatparvarlik kuchli bo‘lsa, endi inson huquqlariga e’tibor ku-
chaydi. Fanning rivojlanishi bilan uning jamiyatdagi o‘rnini belgi- lash, barcha ijtimoiy muammolarni hal qilishda fanning ijobiy hodisa ekanligini asoslash kuchaydi.
Bu davrning mashhur faylasuflaridan biri Fridrix Nitsshe in- son irodasi masalasiga katta e’tibor berdi. Inson borlig‘ida maxluqlik va xoliqlik birlashib ketganini asoslashga harakat qildi. U zardush- tiylik ta’siri ostida „Zardusht tavallosi“ asarini yozdi. Bu asarda kuchli shaxslarni tarbiyalash g‘oyasi ilgari surildi.
O. Shpengler „Yevropasentrizm“ga qarshi chiqdi. Har bir madaniyatning o‘ziga xosligi, bir-biridan mustasno holda rivojlanish g‘oyasini mutlaqlashtirdi. Bu fikrlar uning „Yevropa quyoshining botishi“ asarida o‘z ifodasini topdi.
Z. Freyd — psixoanaliz nazariyasining asoschisi, dunyoga tanilgan olim. Uning asarlari XIX asr oxiri va XX asr boshlarida 146

Yevropada adabiyot va san’atning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsat- di. Freyd qilgan buyuk inqilobning mohiyati shundaki, u De- kartning inson to‘g‘risidagi tasavvurlarini inkor etib, fenomeno- logik (favqulodda, nodir) yondashuv yordamida ongsizlikni tahlil qilish mumkinligini asoslab berdi. Psixoanaliz an’analariga mu- vofiq, ongsizlik bilib bo‘lmas jarayon deb tushuntirilardi. Freydning psixoanalitik falsafasi inson borlig‘ini vujudga keltirgan asoslarni aniqlashga, kishi xulq-atvori, xarakterining yuzaga kelish sabab- lari, individ turmush tarzi tamoyillarining hosil bo‘lishini tushun- tirishga intiladi.
Òarixiy taraqqiyotning davriy modeli, dunyo dinlari (budda- viylik, xristianlik, islom)ning barcha xalqlarni yaqinlashtiruvchi va jiðslashtiruvchi bosh omil ekanligi g‘oyalari ilgari surildi.
Shu tariqa, cherkov vijdon erkinligi, diniy e’tiqod erkinligi, barcha dinlarning tengligi tamoyillariga toqat bilan ko‘nika boshladi.
Bir qator yozuvchilar o‘z asarlarida dengiz va okenlar „egasi“, „quyoshi hech qachon so‘nmaydigan“ imperiya bo‘lmish Britaniya imperiyasini ko‘klarga ko‘tarib maqtadi. Ular, „oq tanli kishi“ boshqalardan ustun bo‘lib, „rangdor“ xalqlar orasiga madaniyat olib kirishga tayyor turadi, degan aqidani ilgari surdilar. Shunday g‘oyalar ingliz yozuvchisi R. Kiðlingning „Oq tanli kishining burch anduhi“ kitobida ham uchraydi.
Bu davr fashistik g‘oya qaror topgan davr hamdir, chunki har bir harakat sodir bo‘lishidan oldin uning g‘oyasi paydo bo‘lishi tabiiydir. Bundan tashqari, boylik, dunyo bozorini talashish, hukmronlikka intilish, yangi mustamlakachilik g‘oyalari
ham rivojlandi.
Musiqa
Musiqa san’atida realizm va xalqchillik
dekadentlarcha noziklikka va shaklan mu- rakkablikka qarshi kurashda rivojlandi. Bu davrda Myunxenda avs- triyalik oilasida tug‘ilgan bastakor Rixard Shtraus „Salomeya“, „Elektra“, „Gullar oshig‘i“, avstriyalik simfonist Gustav Maler „Qazo qilgan bolalar haqida qo‘shiq“, „Bolaning sehrli shoxi“ va
boshqa asarlar bilan shuhrat qozondi.
R. Shtraus motsartcha operani qaytadan tikladi. Uning asarlari
hayotbaxshligi, insonparvarligi, go‘zallikni tarannum etishi bilan ajralib turadi. Betxoven an’analarini G. Maler rivojlantirdi. Maler
147

musiqa asarlarining ijtimoiy ahamiyatini yuksaklikka ko‘tardi, murakkab musiqaviy mavzular bilan sodda xalq kuylarining uyg‘un- lashib ketishiga erisha oldi.
Rossiyalik bastakor A.M. Skryabin musiqada davrning g‘oya va obrazlarini gavdalantirdi. Bastakor, pianinochi va dirijor S.V. Rax- maninov boy kuylar vositasida vatan mavzusini romantik pafos va lirika bilan ochib berdi.
Tasviriy san’at
Rassomchilikda qator yangi oqimlar vujudga
keldi. Bu yangi oqimlarning biri impres- sionizm (taassurot) edi. Bu oqimga kirgan rassomlar voqelikni, kuzatishdan olingan taassurotlarni sof holda aks ettirardi. Eduard Mane, Klod Mone, Ogyust Renuar va Kamil Pissaro impressio- nizmning eng iste’dodli namoyandalari edilar. Ularning nozik bo‘- yoqlar uyg‘unligi ifodalangan asarlarida hayotga cheksiz muhabbat aks ettirilgan. Ular quyosh yog‘dusini, fazo va teranlikni aks ettirishning yangi texnik vositalarini topdilar. Lekin, ular insonning ichki dunyosini, uning ijtimoiy hayotdagi o‘rnini ko‘rsatib berishni
o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ymagan edilar.
Rassomchilikda real hayotni butun borligicha aks ettirish oqimi
ham mavjud edi. Bu borada Pol Sezann, Pol Gogen va Vinsent van Gog mehnat ahlini alohida o‘rinlarda tasvirlay oldilar. Chunki ular ishchilarning azob-uqubatlaridan qattiq ta’sirlangan edilar.
Mashhur xitoylik rassom Jen Bonyan iðak matoga rasm solish- ning qulay usulini yaratdi. Buyuk fransuz haykaltaroshi O. Ro- denning „Mutafakkir“ degar asariga qarab hech kim insonning, dekadentlar ishontirmoqchi bo‘lganidek, „oliy“ kuchlar qo‘lida o‘yinchoq ekanligiga ishonmaydi.
Umuman, xulosa qilib aytganda, gumanitar fanlar, adabiyot va san’at davrning ehtiyojiga aylandi hamda turli xil mafkuraning shakllanishiga xizmat qildi.
Gumanitar (fransuzcha — insoniy tabiat, bilimlilik) — inson shaxsiga, inson huquqi va manfaatlariga oidlikni anglatuvchi tu- shuncha.
Gumanitar fan — inson va uning hayotini, madaniyatini o‘r- ganuvchi fanlar (masalan, tarix, falsafa, tilshunoslik, adabiyot va hokazo).
Yevropasentrizm — barcha madaniyatlarni yevropalashtirish g‘oyasi. Individ — alohida odam, shaxs.
Psixoanaliz — avstriyalik shifokor va ruhshunos olim Z. Freyd tomonidan ilgari surilgan asab kasalliklarini davolash usuli. Freyd

148

ta’limotiga ko‘ra, insonning psixik hayoti tug‘ma, ongsiz mayillarga bog‘liq. Insondagi turli ruhiy kechinmalar, amalga oshmagan istaklar yo‘qolib ketmaydi. Ular ong doirasidan chiqib, ongsizlik holatiga o‘tadi va insonning ruhiy hayotiga faol ta’sir ko‘rsatadi. Bu hol asabiylikda namoyon bo‘ladi. Uni davolashning asosiy usuli — mayillarni g‘ayritabiiy yo‘l bilan qondirish yoki ularni boshqa faoliyat sohasiga (masalan, ijod, siyosat, mehnat va hokazo) ko‘chirishdir.
Falsafa — tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari haqidagi fan.
Fashistik g‘oya — eng shafqatsiz terrorchilik diktaturasi, aqidaparastlik va irqchilikni oqlovchi, millatchilik va shovinizmga asoslangan g‘oya.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *