XIX ASR OXIRI — XX ASR BOSHLARIDA AFRIKA MAMLAKATLARI Shimoliy Afrika mamlakatlari

XIX ASR OXIRI — XX ASR BOSHLARIDA AFRIKA MAMLAKATLARI
Shimoliy Afrika mamlakatlari
etardi. Bu hududlarda barbarlar, habashlar va boshqa xalqlar ham yashardi.
XIX asrning 70-yillariga qadar Afrikaning shimolida va shimo- li-sharqida, ya’ni arablar yashovchi hududlarda mutlaq podsho- lik tuzumlari hukm surardi. Ulardan rasman Usmonli turk imperiyasi tarkibiga kirgan Misr, Triðolitaniya, Kirenaika (hozirgi Liviya) va Tunis esa amalda Turkiya sultonligiga itoat etmasdilar.
XIX asr oxirida Misr va Sudan Buyuk Britaniyaning, Tunis, Jazoir va Marokash Fransiyaning, Marokashning bir qismi Ispaniyaning, Liviya esa Italiyaning mustamlakalariga aylandi.
Misrning asoratga solinishi
Misrning XIX asr oxiri — XX asr bosh- laridagi tarixi Turkiya hukmronligidan ozod bo‘lish va inglizlarning mustamlakachilik
siyosatiga qarshi kurash bayrog‘i ostida o‘tgan o‘zgarishlar davri bo‘ldi.
116

Musulmon ruhoniylaridan al-
Azhar madrasasida mudarris bo‘lgan
Jamoliddin al-Afg‘oniy va uning
shogirdlari milliy-ozodlik harakatida
katta obro‘ qozonishdi. Ular barcha
musulmonlarni mustamlakachilarga,
Turkiya zulmiga qarshi birlashuvga,
konstitutsiyaviy tuzum o‘rnatilishiga
chaqirdilar. 1871-yilda Jamoliddin al-
Afg‘oniy „Xizb ul-Vatan“ („Vatan
partiyasi“) partiyasini tuzdi. Bu
partiya chet elliklarga qarshi „Misr
misrliklarniki“ shiori ostida kurashdi.
„Vatan“chilar hukmdor (Hadiv)ning huquqini cheklovchi kons- titutsiya uchun kurashdilar. 1882-yil 7-fevral kuni Hadiv yangi qonunga imzo chekishga majbur bo‘ldi. Unga ko‘ra, hukumat Deputatlar palatasiga bo‘ysunadigan, parlament budjet ustidan nazorat qilish huquqini oladigan, birorta qonun deputatlar palatasi ruxsatisiz qabul qilinmaydigan bo‘ldi. Bularning hammasi feodal mustabid tuzumidan burjua parlament tuzumiga o‘tish yo‘lidagi katta g‘alaba edi.
Chet elliklar Misr hukumatiga ultimatum yuborib, amaldagi hukumatni tarqatishini talab qildilar. Mustamlakachilarning bu talabi bajarilmadi. Bunga javoban Buyuk Britaniya 1882-yilda Iskandariyani to‘plardan o‘qqa tutdi. Uning desanti shaharni egal- ladi. Bunga qarshi, Misr qo‘shini rahbarlaridan biri Ahmad Orabibey Qohirada oliy davlat organi — Muvaqqat kengash tuzdi. U 60 ming kishilik qo‘shin to‘pladi. Ko‘p o‘tmay inglizlar Suvayshni bosib oldilar va Qohiraga yurish boshladilar. 1882-yil sentabrda Misr qo‘shinlari yengildi. Polkovnik Ahmad Orabibey Seylon oroliga umrbod surgun qilindi. Shunday qilib, Misr Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylandi.
Buyuk Britaniya Misrda Usmonli turk imperiyasi hokimiyatini rasman tugatmadi. Misr hadivlari sulolasi, Vazirlar kengashi nomiga bo‘lsa ham saqlandi. Moliya ustidan nazorat to‘laligicha ingliz maslahatchilariga o‘tdi.
1888-yilda Istanbulda Suvaysh kanalidan foydalanish bo‘yicha Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Rossiya, Tur- kiya, Fransiya davlatlari konvensiya imzolashdi. Unga ko‘ra, ka-
Suvaysh kanali.
117

naldan barcha davlatlar xoh urush, xoh tinchlik paytida bo‘lsin erkin foydalanish huquqini olishdi.
Milliy-ozodlik uchun kurashning faol tarafdori bo‘lgan „Vatan“ partiyasi inglizlar nazarida eng xavfli bo‘lib chiqdi. Uni kuch- sizlantirish uchun keskin choralar ko‘rildi. Natijada, „Vatan“ partiyasi keng siyosiy kurash yo‘lidan yakka terror yo‘liga o‘tib ketdi. Partiyaning „Al-Liva“ („Bayroq“) gazetasi taqiqlandi.
Ammo ozodlik harakati esa boshqa ko‘rinishlarda davom etdi. Majlis vitse-prezidenti Saad Zaglul demokratik, milliy-ozodlik ruhidagi deputatlarni o‘z atrofiga to‘plab, majlis nomidan ingliz hukmronligiga qarshi hujjatni o‘tkazishga erishdi.
Mahdiylar qo‘zg‘oloni
XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Shar-
qiy Sudan Misr qaramog‘ida edi. 1881- yilda sudanliklarning yetakchisi Muhammad Ahmad xalqni Misr— Turk zulmiga hamda yevropaliklarga qarshi muqaddas urushga chaqirdi. Muhammad Ahmad o‘zini Mahdiy deb e’lon qildi. Gu- bernator Mahdiyni qamash uchun yuborgan 200 kishilik harbiy
guruh yo‘q qilib tashlandi.
1882-yilda Xartumga misrlik Abdul Qodir general-gubernator
etib tayinlandi. U mahdiylar harakatini bostirishga urindi. Lekin, mag‘lubiyatga uchradi. Bu orada inglizlar Misrni bosib oldilar. 1883-yili general Xiks boshliq ingliz qo‘shini Sudan ansorlari tomonidan qirib tashlandi. 1884-yili inglizlar Sudanga general Gordon boshchiligida harbiy qism yuborishdi. Biroq, bu qo‘shin ham ansorlar tomonidan yo‘q qilindi va Sudan ozod qilindi.
1885-yilda Sudanda mustaqil mahdiylar davlati tuzildi. Qo‘zg‘olon rahbari Mahdiy Muhammad Ahmad vafot etib, uning birinchi xalifi (xaliflari to‘rtta edi) Abdulloh hokimiyatni o‘z qo‘liga oldi. Omdurman shahri poytaxt etib belgilandi. Mamlakat vi- loyatlarga bo‘lindi. 200 ming kishilik qo‘shin davlatning asosiy tayanchi bo‘lib qoldi.
Biroq, mamlakatda ichki nizo kuchaydi. Aynan shu omil mahdiylarni kuchsizlantirdi. Bundan foydalangan Buyuk Britaniya Efiopiyani Sudanga qarshi gijgijladi. Natijada, 1885-yilda ikki o‘r- tada urush harakatlari boshlandi. Efiopiya hukmdori Yo‘xonni Abdullohga murojaat qilib, umumiy dushmanga qarshi birgalikda kurashga chaqirdi. Lekin, Abdulloh buning evaziga Yo‘xonnidan islom diniga o‘tishini talab qildi. Oqibatda, zarur bitim tuzilmay qoldi. Efiopiya—Sudan urushida ko‘p qon to‘kildi. 1889-yilda Efiopiya imperatori Menelik sudanliklar foydasini ko‘zlovchi bi- timni imzolashga majbur bo‘ldi.
118

1889-yil avgustda esa Buyuk Britaniya — Misr birlashgan qo‘shinlari Sudan mahdiylari qo‘shini ustidan g‘alaba qozondi va Sudanning asosiy qismini bosib olishga erishdi.
Buyuk davlatlarning Shimoliy Afrikadagi siyosati
1883-yil Tunisda Fransiya hukmronligi o‘rnatildi. Bungacha Fransiya Jazoirni ham egallagan edi. Jazoirda XIX asr oxirida 300 mingdan ortiq fransuz yashardi. Hosildor
yerlar fransuzlar qo‘lida edi.
1905—1906-yillarda Jazoirda mustamlaka zulmiga qarshi kurash
boshlandi. 1912-yilda „Yosh Jazoir“ partiyasi tuzildi. Bu partiya sud ishlarida jazoirliklar uchun „mahalliy kodeks“ nomli kam- situvchi tartibni bekor qilish, soliq olishda jazoirliklar va yevro- paliklarni tenglashtirish, xalq maorifini kengaytirish, arablar uchun saylanadigan lavozimlarni ko‘paytirish kabi talablarni qo‘ydi.
Yevropa davlatlarining mustamlaka taqsimotida Fransiya Ma- rokashga ham ega bo‘ldi. 1900-yili Italiya Fransiyaning Maro- kashga nisbatan huquqlarini tan oldi. Buning evaziga Italiya Livi- yaga daxldor huquqqa ega bo‘ldi.
Fransiya Marokashga qarshi urush ochish uchun bahona qi- dirar edi. 1907-yilda Marokash shahrida fransuz shifokori o‘ldi- rildi. Shu bahonada Fransiya zudlik bilan urush harakatlarini boshlab yubordi. Qisqa vaqt ichida Fransiya Marokashning barcha asosiy shaharlarini bosib oldi. Marokashning ba’zi hududlari esa Ispaniyaga berildi.
Liviya uzoq vaqt Turkiya mustamlakasi bo‘lib keldi. 1911-yil 29-sentabrda Italiya Liviyaga bosqinchilik urushi boshladi. Turkiya tayinli javob chorasi ko‘rolmadi. Oqibatda, 1911-yil 5-noyabr kuni Liviya Italiya mulki deb e’lon qilindi.
Ansorlar (arabcha — yordamchilar, safdoshlar) — Muhammad (s.a.v.) sahobalari bir tabaqasining nomi. (Ular 622-yilda Makkadan Madinaga ko‘chib borgan musulmon muhojirlarga va Rasulullohga yordam bergan hamda Islom dinini qabul qilgan Madinaning avs va hazraj qabilalarining a’zolari bo‘lganlar.) Mahdiy (arabcha — Alloh tomonidan to‘g‘ri yo‘lga yetaklov- chi) — Islomda oxirzamon bo‘lganida kelib, yerda adolat o‘rna- tadi, deb ishoniluvchi payg‘ambar.
Savol va topshiriqlar
1. Shimoliy Afrikada arab davlatlari qay tariqa Turkiya mustamlakasiga aylanganligini eslang.
2. Shimoliy Afrikada qaysi buyuk davlatlarning manfaatlari to‘q- nashgan?

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *