37-§. MIRZO ULUG‘BEKNING HUKMRONLIGI DAVRIDA MOVAROUNNAHR

37-§. MIRZO ULUG‘BEKNING HUKMRONLIGI DAVRIDA MOVAROUNNAHR
Tayanch tushunchalar: Ulug‘bekning siyosiy maydonga chiqishi, Ulug‘bekning ichki va tashqi siyosati, Ulug‘bek fojiasi.
Ulug‘bek – Movarounnahr hukmdori. 1409-yilda Shohrux Samarqanddan Hirotga qay-
tish oldidan o‘n besh yoshli Mirzo
Ulug‘bekni Movarounnahr va Turkis-
tonga hokim qilib tayinlaydi. Ulug‘bek (1394–1449) garchi Movarounnahr bi- lan Turkistonning hokimi deb e’lon qilinsa-da, aslida uning hokimiyati chegaralari dastavval faqat Samarqand, Buxoro va Nasaf viloyatlari bilangina cheklanardi. Chunki Shohrux tomo- nidan Farg‘onadan to O‘zgangacha –
Mirzo Ulug‘bek
133

Amirak Ahmad, Hisori Shodmon esa Muhammad Jahongir ixtiyoriga berilgan edi. Turkiston Shayx Nuriddinning tasarrufida edi. O‘sha vaqtda u na Ulug‘bek va na Shohruxni tan olardi. Shuning uchun ham mamlakat notinch edi.
Shayx Nuriddin Turkiston bilan qanoatlanmaydi. 1410- yil 20-aprelda Samarqand yaqinida Qizilravot mavzeyida Shayx Nuriddin boshchiligidagi isyonkor ittifoqchilar bilan Mirzo Ulug‘bek qo‘shinlari o‘rtasida jang bo‘ladi. Jangda Ulug‘bek mag‘lubiyatga uchrab, Kalifga tomon chekinadi. Shohrux Samarqandga yetib kelib, Shayx Nuriddin isyonini bostiradi. 1412-yildan boshlab Movarounnahr va Turkistonni to‘liq boshqarish 18 yashar Ulug‘bek qo‘liga o‘tadi. Ulug‘bek 1414-yilda Farg‘ona va Koshg‘arni egallaydi.
1413-yilda Shohrux tomonidan Xorazm Oltin O‘rda xonlari tasarrufidan qaytarib olingach, Ulug‘bek davlatining g‘arbiy va janubiy chegaralarining xavfsizligi barqarorlashgan bo‘lsa-da, ammo uning shimoli g‘arbiy va shimoli sharqiy tomonlari hali xavotirli edi. Shu sababli Ulug‘bek Dashti Qipchoqda bosh- langan o‘zaro nizoga hamda Mo‘g‘ulistonda avj olgan ichki kurashlarga jiddiy e’tibor berishga va aralashishga majbur bo‘ladi.
Ulug‘bek otasining rizosi bilan 1425-yilning erta bahorida Mo‘g‘uliston ustiga yurish boshlaydi. Issiqko‘l yaqinida sodir bo‘lgan to‘qnashuvda Ulug‘bek mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba qozonadi va mahalliy muxolafatchi kuchlarni bartaraf etib, mam- lakat sharqiy chegaralarini mustahkamlaydi. Qo‘lga kiritilgan o‘ljalar orasida ikki bo‘lak nefrit toshi ham bor edi. Keyinchalik bu nefritdan Amir Temur maqbarasi uchun qabrtoshi yasattirildi. Mo‘g‘ulistonda bo‘lgan bu urushda Ulug‘bek qozongan g‘ala- baning nishoni tarzida Jizzax yaqinida Ilono‘tti darasi ichida hijriy 828-yilda (1425) Ulug‘bek tomonidan qoyatoshga yoz- dirilgan o‘ziga xos “zafarnoma” hozirgi kungacha saqlangan. Dashti Qipchoqqa qarshi qilingan yurishda esa Ulug‘bekning omadi kelmaydi. Otasi Shohruxning katta qo‘shin bilan yetib kelishigina Ulug‘bekni halokatdan saqlab qolgan.
134

Taxt uchun kurash. Shohrux 1447-yil 12-mart kuni ne- varasi Sulton Muhammad isyonini bostirish vaqtida Ray viloyatida o‘rniga voris belgilashga ulgurmay olamdan o‘tadi. Shohrux vafot etishi bilanoq Xuroson va Movarounnahrda temuriy shahzodalar o‘rtasida toj-taxt uchun kurash yana avjga minib, mamlakat beqarorlik va chuqur ijtimoiy-siyosiy larzalarga duchor bo‘ldi. Odatga ko‘ra taxtga Shohruxning to‘ng‘ich o‘g‘li Ulug‘bek o‘tirishi kerak edi. Ammo taxtni Boysung‘urning o‘g‘li Alouddavla egallaydi. Toj-u taxt uchun yana kurash boshlanadi.
O‘zboshimcha shahzodalar Ulug‘bekka qarshi harakat boshlaydi va 1447-yilning bahorida Alouddavla Ulug‘bekning katta o‘g‘li Abdullatifning qo‘shinini tor-mor qilib, uni asirga oladi. Ulug‘bek Alouddavla bilan sulh tuzishga majbur bo‘ladi. Unga ko‘ra Abdullatif ozod qilinadi, Ulug‘bek esa Hirot va Xurosonga bo‘lgan da’vosidan voz kechadi. Biroq ko‘p o‘tmay sulh buziladi. 1448-yilning bahorida Ulug‘bek va Abdullatifning 90 ming kishilik birlashgan qo‘shini Hirotga yurish qiladi. Tarnob yaqinida bo‘lgan jangda Alouddavla qo‘shini tor-mor keltirilib, Hirot qo‘lga kiritiladi. Ulug‘bek Xurosonda Abdullatifni qoldirib, o‘zi Samarqandga qaytadi. Chunki Movarounnahrda Ulug‘bekka qarshi isyon boshlangan edi.
Abdullatif, garchi bobosi Shohruxning Hirotdagi taxti- ga o‘tirishga muyassar bo‘lsa-da, ammo unda otasiga nis- batan adovat paydo bo‘ladi. G‘alaba to‘g‘risida tevarak- atrofga yuborilgan fathnomalarda Abdullatifning nomi inisi Abdulazizdan keyin tilga olingani, Ixtiyoriddin qal’asidagi xazina Ulug‘bek tomonidan olib qo‘yilgani o‘ta shuhratparast hamda mol-dunyoga o‘ch Abdullatif uchun bahona bo‘ladi. U otasining dushmanlari bilan yashirin tarzda til biriktirib, zimdan Ulug‘bekka qarshi harakat boshlaydi. Abdullatif Hirotda faqat o‘n besh kun hokimlik qiladi. Abulqosim Bobur qo‘shinining shaharga yaqinlashib kelayotganidan xabar topib poytaxtni jangsiz bo‘shatib, Movarounnahr tomon qochadi. Ulug‘bek farmoni bilan Balxga noib qilib tayinlangach,
135

viloyatda “tamg‘a” solig‘ini bekor qilib, savdogarlarni o‘z tarafiga og‘dirib oladi. Otasidan norozi bo‘lgan amirlarni atrofiga to‘playdi. Hatto Abulqosim Bobur bilan bog‘lanib, uni birlashib Ulug‘bekka qarshi kurashga undaydi. Shunday qilib, Abdullatif o‘z otasiga qarshi ochiqdan ochiq dushmanlik yo‘liga o‘tadi.
Ulug‘bek fojiasi. Davlatning yaxlitligini saqlab qolmoq uchun Ulug‘bekda o‘zining isyonkor va makkor o‘g‘liga qarshi yurish qilishdan boshqa iloji qolmaydi. Ammo mamlakatda siyosiy vaziyat keskinlashib, Ulug‘bekning ahvolini yanada mushkullashtiradi.
Hirotdan Samarqandga qaytar ekan, Ulug‘bek old tomondan Dashti Qipchoq ko‘chmanchilarining hujumiga duchor bo‘ladi. Abulxayrxon boshchiligidagi ko‘chmanchilar o‘shanda Tosh- kent, Shohruxiya, Samarqand va Buxoro tevaragidagi qish- loqlarni talab, podshoh va yirik mansabdorlarning shahar atrofidagi chorbog‘lari va ko‘shklarini vayron qiladilar. Ikki tarafdan kelgan dushmanlar bilan bo‘lgan to‘qnashuvlar oqi- batida Ulug‘bek qo‘shini qattiq shikast topib, zaiflashib qoladi. Shu vaqtda Samarqandda vaqtinchalik noib qilib qoldirilgan Ulug‘bekning kichik o‘g‘li Abdulazizga qarshi Samarqand amirlarining noroziligi kuchayib, Ulug‘bek uni bartaraf qilishga majbur bo‘ladi.
Otasining qiyin ahvolda qolganini kuzatib turgan Abdullatif qulay fursatdan foydalanib, bosh ko‘taradi va Amudaryodan ke- chib o‘tib, Termiz, Shahrisabz va Xuzorni osongina zabt etadi. So‘ngra Samarqandga qarab yo‘l oladi. 1449-yil oktabrda Damashq qishlog‘i yaqinida qattiq jang bo‘ladi va bu jangda Ulug‘bek yengiladi, Samarqand amiri Mironshoh Qavchin shahar darvozalarini berkittirib Ulug‘bekni ichkariga kirishga qo‘ymaydi. U Shohruxiyaga ham kirolmaydi va Abdullatifga taslim bo‘lishga majbur bo‘ladi. Shahar qozisi Shamsiddin Muhammad Miskinning qarshiligiga qaramasdan, Abdullatif jaholatparast ulamolarning yashirin fatvosini chiqartirib, otasining o‘ldirilishini uyushtiradi. 1449-yil Mirzo Ulug‘bek 55 yoshida fojiali halok bo‘ladi.
136

Shunday qilib, Ulug‘bek Movarounnahrni qirq yil idora qildi. Bu davrda mamlakatning siyosiy hayotida keskin kurash davom etganligiga qaramay, davlatni mustahkamlashga, mam- lakat birligini saqlab qolishga va madaniy hayotni ko‘tarishga, rivojlantirishga harakat qildi.
1. Ulug‘bekning Movarounnahr hukmdori bo‘lishi qanday yuz berdi?
2. Ulug‘bek nima uchun va qayerlarga harbiy yurishlar qildi?
3. Shohrux vafotidan keyin qanday voqealar sodir bo‘ldi?
4. Ulug‘bekning fojiali taqdiri haqida gapirib bering.
5. Ulug‘bek 40 yillik hukmdorligida davlatni boshqarishda nima-
larga e’tibor qildi?
6. Padarkush Abdullatif haqida sizda qanday tasavvur hosil
bo‘ldi?

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *