«Abulfayzxon» fojiasi haqida

Abdurauf Fitrat ijodining ma’lum bir qismini dramatik
asarlar tashkil etadi. Ular orasida 1924-yilda chop etilgan
«Abulfayzxon» fojiasi alohida o‘rin tutadi.
Abdurauf Fitratning «Abulfayzxon» fojiasi birmuncha keskin voqealarni tasvir doirasiga olgan asarlar sirasiga kiradi.
Asarni mudhish bir ta’kid, ya’ni asarda Ulfat obrazi tilidan aytilgan «Podshohlik – qon bilan sug‘orilaturg‘on bir
1
I s m a t – nomus, iffat, poklik.
2
I sh t i h o l i q h a y v o n l a r – yirtqich hayvonlar.
3
K o‘ m a – to‘plam, uyum.
32
og‘ochdir» asosiga qurilgan desak ham bo‘ladi. Chunki toj-u
taxt orzusi ko‘zlarni ko‘r, qalblarni nochor qilishi mumkin.
Bunga asardagi bir qancha voqealar ham dalil bo‘la oladi.
Xususan, tarixiy dalillarga ko‘ra, Abulfayzxon taxtga o‘tirish
uchun akasining bahridan o‘tgan edi. Xon yon-atrofidagi
ikkiyuzlamachi xoinlar dastidan, qolaversa, o‘zining nihoyatda kaltabinligi tufayli mag‘lubiyatga uchraydi. Asarning bosh
g‘oyasi ham zulm asosiga qurilgan tuzumning oxir-oqibat
inqirozga yuz tutishini ta’kidlashga yo‘naltirilgan.
Ma’lumki, drama Mir Vafo va Qozi Nizomning shaxmat
o‘yinlari bilan boshlanadi. Yozuvchi bu o‘yinni bejiz tanlamagan, shaxmat o‘yini zamirida qaysidir ma’noda fojiada
qatnashadigan obrazlarning o‘zaro ziddiyati, qaysi tomonning
yutishi va yutqizishiga ramzan ishora ham qilinadi. Ikkinchi tomondan, ko‘pincha shaxmat o‘yini aqlli va bekorchi
odamlarning ishi sifatida ham talqin etiladi. Shunga ko‘ra,
xon ishongan mulozimlarning ahvoli, ularning maishat-u turli
o‘yinlar bilan mashg‘ulligiga ishora qilinadi.
Kunlar o‘tgan sayin Abulfayzxonni marhumlar ruhi bezovta qila boshlaydi: qo‘rqinchli tushlar ko‘radi. Xon atrofi
borgan sari sotqinlarga to‘lib boradi. Zero, bunga faqatgina
uning o‘zi aybdor edi. Hatto eng ishonchli odamlaridan biri
Hakimbiy Eron shohi Nodirshoh bilan do‘stlashadi. O‘g‘lini
yashirin ravishda Nodirshoh huzuriga yuboradi. Hakimbiy bir
tarafdan urushmaslik tarafdori bo‘lib ko‘rinsa ham, o‘z yurtini
dushman qo‘liga topshirishi, dushman bilan yashirincha til
biriktirishi, oxir-oqibat Eron shohining Buxoroni egallab olishi
– bularning barchasi millatparvarlik, vatanparvarlik nuqtayi
nazaridan oqlab ham, yoqlab ham bo‘ladigan hodisalar emas.
Hakimbiy obrazida Abulfayzxon bilan birlashmagan, o‘z yurtini dushmanga emin-erkin topshirgan bir kimsa namoyon
bo‘ladi. Hakimbiyni Ulfat orqali Abulfayzxon o‘z huzuriga
chaqiradi. Hakimbiy borishdan bosh tortadi va «Jo‘yborga
borib Xo‘ja Kalonning uylariga qo‘nsinlar, elning kattalarini
chaqirsinlar», deb muzokara uchun joy tanlaydi. Buning sababini ham Hakimbiy nutqidan bilib olish mumkin: «Xonning
buyrug‘i Arkdan Mirarabgacha yurmaydir». Bu gap Abulfayzxonning ijtimoiy-siyosiy mavqeyi naqadar zaifligini anglatadi.
33
Uchinchi parda Nodirshoh va o‘g‘li Rizoqulixon suhbati
bilan boshlanadi. Nodirshoh: «Har o‘lkani urushib olmoq siyosat emas. Urush choralarning eng so‘nggisi. Bir o‘lkani olmoq
uchun eng yaxshi chora – shul o‘lkaning o‘zida do‘stlar topmoq, shularni ishlatmakdir», deya Hakimbiy va uning o‘g‘li
Rahimbiyga ishora qiladi. Chunki Hakimbiy Nodirshohdan
o‘g‘lini taxtga o‘tqizish va’dasini olib ulgurgan edi.
Fojianing keyingi sahifalarida xonning afsus-nadomatlari,
yig‘lash-siqtashlari – umuman, nochor ahvoli beriladi. Yurt
boshqaruvini qo‘lga olgan Rahimbiy Abulfayzxonni uy qamog‘ida saqlaydi. Fitrat shu o‘rinda Abulfayzxon bilan Rahimbiyni uchrashtiradi. Bu epizodda mahkum xon Rahimbiy
va uning yaqinlariga qilgan yaxshiliklarini sanaydi. Rahimbiy
esa xonni «Davlatimizning buyuk, buyuk teraklarini o‘z
qo‘lingiz bilan yiqita berdingiz», deb xonning johilona siyosatini qoralaydi. Har kim o‘z fikrida haqqa o‘xshab ko‘rinadi… Keyinroq Ulfat lahm qazib xon yoniga keladi. Xon
esa qochishga jur’at etolmaydi.
Asarda zamon ahvolidan oshkora norozi, yurt tinchligi
uchun kuyingan kishilar Ibrohimbiy obrazi orqali tasvirlanadi.
Ibrohimbiy haqiqat tarafida, u xalq manfaatini ko‘zlaydigan
odam. Shuning uchun elga yomonlik qilgan, hukumat ishlariga qaramagan, «kecha-kunduz chog‘ir ichib» yotgan Abulfayzxon siyosatini ham, ish boshiga kelgan Rahimbiyni ham
qo‘llab-quvvatlamaydi. Fitrat o‘z orzu-istaklarini uning tilidan
bergandek taassurot qoldiradi. Ko‘zi ojiz bo‘lib qolgan Ibrohimbiy Rahimbiy o‘n besh yoshli Abdulmo‘minni xon qilib
ko‘targanida esa «Men bo‘lg‘onda, Abulfayzxonni tushirgach,
qurultoy chaqirar edim. Yangi xon bilan uning otalig‘ini
el boshliqlarining kengashlari bilan belgilar edim», deydi.
Qolaversa, Rahimbiyga qarata shunday bir gapni aytishdan
toymaydi: «Jiyanim, men Abulfayzxon bilan urushdim, chunki
haqsizlik qilg‘an edi. Siz bu kun undan ortiq haqsizlik qila
turibsiz. Ko‘zim bo‘lsa edi, ertadan boshlab, siz bilan ham
urushar edim. Nima qilaykim, ko‘zim yo‘q. Hay, siz-ku
Buxoro taxtini olarsiz. Abdulmo‘minni o‘ldirarsiz. Balkim,
meni ham o‘ldirarsiz. Biroq shuni bilib qo‘yingizkim, bu
taxt sizning bolalaringizg‘a yuqmag‘usidir». Adolatning qaror topishini har qanday inson xohlaydi. Toj-u taxt bevafo
va o‘tkinchi. Fitrat Ibrohimbiy tilidan shu haqiqatni bayon
34
qiladi. Darhaqiqat, oxirgi sahnada Rahimbiy oldida ramziy
obraz – Xayol paydo bo‘ladi. Fitrat o‘zi anglab yetgan va
anglatmoqchi bo‘lgan haqiqat bayoni uchun Xayolni: «Sen
fazilatli bilimlarning qo‘l, qanotlarini uzib tashlading. Inju
tizg‘uchi adiblarning qalamlarini o‘choq supurgisiga aylantirding. Ota pichog‘i bilan bolalarni bo‘g‘izlading. Bola pichog‘i
bilan otalarni yiqitding…», deya so‘zlatadi. Xayol asardagi eng
kuchli va eng teran obrazlardan biri. Fojiadagi obraz larning
o‘zaro ziddiyatlarini, tarixiy haqiqat kim tomonida ekanini
tushunish uchun asarni sinchiklab o‘qish va ayni damda
o‘sha davr tarixini ham yaxshi bilish kerak bo‘ladi.
Fitrat «Abulfayzxon» fojiasi uchun Buxoro tarixidagi o‘ta
ziddiyatli bir zamonni tanladi. XVIII asrda Buxoroda hukm
surgan ashtarxoniylar sulolasi tugab, ular o‘rniga mang‘it
amirlarining kelish hodisalarini qalamga oldi. Fitrat real tarixiy shaxslar bilan birga to‘qima hamda ramziy obraz lardan
unumli foydalandi.
Abdurauf Fitrat «Abulfayzxon» fojiasida ma’lum bir tarixiy
davr fojialarini badiiy talqin qilish bilan birga o‘zi yashab
turgan ziddiyatlarga to‘la muhit – zulm, zo‘ravonlik va
bosqinchilikka asoslangan tuzumning mohiyatini ham qaysidir
ma’noda ochib berishga muvaffaq bo‘ldi.

1 Response

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *